Evropa fuqaro aviatsiyasi konferensiyasi (ECAC) ekspertlari tomonidan “O‘zaviatsiya” agentligi negizida aviatsiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasida xizmat qiluvchi mutaxassislari uchun Еvropa fuqaro aviatsiyasi konferenyasining (ECAC) CASE II loyihasi doirasida 2023 yil 26-28 sentabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Aviatsiya xavfsizligida xavf hatarlani baholash ilg‘or amaliyoti” mavzusi bo‘yicha seminar tashkilashtirildi va o‘tkazildi.
Seminar Evropa fuqaro aviatsiyasi konferentsiyasi (ECAC) tayinlangan ekspertlar tomonidan o‘tkazildi:
Aleksandr Yankov – ЕСАС CASE II loyihasi aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi (Parij, Frantsiya);
Aliev Mubariz – Ozarbayjon Davlat fuqaro aviatsiyasi agentligining Aviatsiya xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i (Baku, Ozarbayjon).
CASE II loyihasi doyrasida o‘tkaziladigan o‘quv seminarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining xalqaro aeroportlaridan Aviatsiya xavfsizligi xizmatlari mutaxasisslari taklif etilgan.
Maqsad – aeroportlarda aviatsiya xavfsizligi choralarini amaliy amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarni aviatsiya xavfsizligida global tahdidlardan kelib chiqadigan xavflarni samarali baholashga o‘rgatish.
CASE II loyihasining o‘quv seminari yakunida ECAC ekspertlari tomonidan o‘quv testlar o‘tkazildi va aviatsiya xavfsizligida xavflarni baholash sohasida tayyorgarlik o‘tkanligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etildi.