Aziz ustoz va murabbiylar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

“O‘zaviatsiya” agentligi ta’lim va tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etadi!

Sizlarning sabr-toqatingiz, mehr-muhabbatingiz va fidoyiligingiz tufayli jamiyatimizda bilimli, vatanparvar va ma’naviy yetuk yoshlar voyaga yetmoqda.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va ishlaringizda yangi yutuqlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustozlar!