Аviatsiya prokuraturasi va “Oʼzaviatsiya” agentligining xamkorlikdagi ishlari
Bugun 2024 yil 28 fevral kuni Toshkent Аviatsiya prokurori Sh.Mamadjanov va “Oʼzaviatsiya” agentligining inspektorlar tarkibi oʼrtasida uchrashuv oʼtkazildi.
Kun tartibida parvozlar xavfsizligini taʼminlash, Respublikamiz fuqaro aviatsiyasida intsidentlarning oldini olish va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish hamda Toshkent aviatsiya prokuraturasi Taqdimnomalarini koʼrib chiqish masalalari joy oldi.
Toshkent aviatsiya prokurori Sh.Mamadjanov tomonidan bugungi kunda Respublikada aviatashuvlar hajmi oshgani sababli parvozlar xavfsizligi masalasi kundan kunga aktualligi, davlat tashkilotlari va korxonalarining nazorat qiluvchi boʼlinmalari tomonidan jiddiy nazorat oʼrnatilishini talab qilinishi zarurligini, mazkur masala yoʼlovchilarning xayoti va xavfsizligi bilan bogʼliqligini takidlab oʼtildi.
Uchrashuv yakunida Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining parvozlar xavfsizligi darajasini oshirishda ikki tomonlama xamkorlik tadbirlarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, “Air Arabia” (BАА) aviakompaniyasining vakili bilan, xorijiy aviatashuvchilarning yoʼlovchilar oldidagi majburiyatlarini bajarilishi va Oʼzbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga hamda IKАO standarlariga soʼzsiz rioya qilinishi zarurligi toʼgʼrisida uchrashuv boʼlib oʼtdi.