"MNG Airlines" Aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam yuk tashish qatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Turkiya Respublikasining "MNG Airlines" aviakompaniyasiga 2021 yil 26 mayda 98-K sonli O‘zbekiston Respublikasiga Istanbul-Navoi-Istanbul yo‘nalishida muntazam yuk tashish parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Aviakompaniya yuk tashish parvozlarini Airbus 300-600, Airbus 330-200 va Airbus 330-300 havo kemalarida amalga oshiradi.