"Air India" Aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.
O‘zbekiston Respublikasi va Xindiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida "O‘zaviasiya" agentligi tomonidan Xindiston Respublikasining "Air India" aviakompaniyasiga 2021 yil 25 iyunda 11-K sonli O‘zbekiston Respublikasiga Dexli-Toshkent- Dexli yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatasion ruxsatnoma berildi. Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-214 va Airbus 320-251N havo kemalarida amalga oshiradi.