Amir Temur muzeyiga sayohat

Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Moziyga sayohat” dasturi doirasida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan «O‘zaviasiya» agentligi xodimlarining oila a'zolari bilan birgalikda poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi tashkil etildi.

Sayohat davomida tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, ajdodlarimiz hayotida muhim o‘rin tutgan buyumlar bilan yaqindan tanishildi.

Qiziqarli bo‘lgan sayohat, tashrif buyuruvchilarda katta ta'surot qoldirdi.