“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”

Joriy yilning 4 dekabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori o‘rinbosari raisligida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida “9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Korrupsiyasiz hayot sari” mavzusiga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi N. Komilov va “O‘zaviatsiya” agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh  mutaxassisi O. Po‘latov O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-moxiyatini prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirdilar. Bunda qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy jazo choralari belgilanganlig haqida ham eslatib o‘tdilar.

Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.