21-oktabr – O‘zbekiston tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida 21-oktabr – O‘zbekiston tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning
34 yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik rahbarining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi R.Gulyamov, kasaba uyushmasi rahbari N.Yugay va Yoshlar yetakchisi L.Shorasulova ishtirok etdilar.
Tadbir davomida agentlik rahbarining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi R.Gulyamov tomonidan davlat tilida ish yuritishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir davomida xodimlarni imlo xatolarini kamaytirish maqsadida “Millatimning g‘ururisan, ona tilim” mavzusida ommaviy diktant o‘tkazildi hamda O‘zbek tili tarixi yuzasidan viktorinalar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ishtirok etgan barcha xodimlar Agentlikning boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildilar.