18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va milliy davlat ramzlarining muhim unsuri sifatida e’zozlanadi. Davlat bayrog‘i O‘zbekiston xalqining tarixiy merosi, tinchliksevarlik an’analari, yurt ravnaqi va kelajakka bo‘lgan ishonchini ifodalaydi.
O‘zaviatsiya agentligi direktori T. A. Nazarov tomonidan ta’kidlanganidek, Davlat bayrog‘i — bu shunchaki ramz emas, balki har bir fuqaroning yuragida yashaydigan Vatanga muhabbat, sadoqat va birlik timsolidir. Shuning uchun ham bu sana bizni yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyatli bo‘lishga, fidoyilik bilan xizmat qilishga chorlaydi.
