18 noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Bugun 2023 yil 17 noyabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligida, Boshlang’ich kasaba uyushmasi hamda Yoshlar yetakchisi boshchiligida O‘bekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligini 32 yilligi arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov ishtirok etdilar va Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni bilan yig‘ilish qatnashchilarini qutladilar.
Tabrik so‘zidan so‘ng Direktor maslahatchisi tomonidan davlatimiz ramzi bo‘lgan bayroq haqida taqdimot ko'rinishida asosiy tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida “O‘zaviatsiya” agentligi Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi N.Yugay hamda Yoshlar yetakchisi L.Shorasulova tomonidan sovrinli test sinovlar o‘tkazildi.