“UAT” AK havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilot sertifikatining amal qilish muddatni uzaytirish
Boeing 737 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun tushgan buyurtma munosabati bilan, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilot O‘zR AQ-145ТХК.8- sonly sertifikatining tasdiqlangan faoliyatini kengaytirish uchun, 2019 yilning 19 iyundan 27 iyunni ham qo’shib ikki kun muddatga “UAT” AK havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotida inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi. Inspeksiya tekshiruvi natijalari bo‘yicha, “UAT” AK havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2013y. 354-sonli tasdiqlangan qarori “Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini sertifikatlar berish tartibi to‘g’risidagi Nizom” talablariga muvofiqligi aniqlandi. “UAT” AK havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilot O‘zR AQ-145ТХК.8-sonly sertifikatining tasdiqlangan faoliyat sohalari ro‘yxatiga Boeing 737-300/400/500 (CFM56) va Boeing 737-600/700/800/900 (CFM56) samolyotlariga tezkor hamda hajmiy texnik xizmat ko‘rsatish degan qo‘shimcha kiritilgan.