Huquqiy targ‘ibot

2022 yil 13 may kuni “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari huquqiy bilimlarni oshirish tadbirida ishtirok etdilar. Xodimlar e‘tiboriga “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi  (OʻRQ–763-son 2022 y. 12.04.) va “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi (OʻRQ–764-son 2022 y. 15.04) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlar mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi va muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallari (annotatsiyalar, slaydlar, infografikalar)  namoyish etildi.