O'zaviatsiya "agentligida" korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi ma'ruza bo'lib o'tdi»
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huququiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida” 09.01.2019y. 5618-sonli PF Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 yil jamiyatda huquqiy madaniyatni oshitirish kontseptsiyasi “Yo’l xaritasi” chora tadbirlarini joriy etish doirasida, “Ozaviatsiya” Agentligida xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishga yo’naltirilgan ma’ruza tashkillashtirildi. 2019 yil 3 dekabrda bo’lib o’tgan ushbu ma’ruzaning mavzusi: “Korruptsiyaga qarshi harakat to’g’risida”.
Ma’ruza Toshkent davlat yuridik universiteti doktori, professor F.A.Muxiddinova tomonidan olib borildi.
Ma’ruza davomida “Korruptsiyaga qarshi harakat to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonunchiligining mazmun va mohiyati Agentlik xodimlarining diqqatiga yetkazildi.