"O'zaviatsiya" agentligi direktori Mongoliyaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
20-dekabr kuni "O'zaviatsiya" agentligi direktori T. Nazarov Mongoliyaning Oʻzbekistondagi elchisi D. Batbaatar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida havo qatnovini kengaytirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik munosabatlarini rivojlantirish muhimligini qayd etib, asosiy tashabbuslar boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.