TABRIK

“O‘zaviatsiya” agentligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-уilligi munosabati bilan barcha vatandoshlarimizni chin yurakdan muborakbod etadi!

Davlatning tashkil topish tarixidagi eng muhim kun. Konstitutsiya davlat tuzumi va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishning muhim qonunlaridan biridir.

Vatandoshlarimizni Konstitutsiyamizning qutlug‘ bayrami bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz mussafo bo‘lsin, bayramingiz muborak bo‘lsin.