TABRIK
“O‘zaviatsiya” agentligi “Uzbekistan Airways”AJ jamoasini tashkil topganligining 33-yilligi bilan chin yurakdan tabriklaydi.
Mamlakatimiz taraqqiyoti, millionlab yo‘lovchilar tashilishi va parvozlar xavfsizligi yo‘lida 33 yillik sizlarning beqiyos mehnatingiz maqtovga sazovortdir.
Hurmatli hamkasiblar, samimiy tilaklarimizni qabul qiling.
Sizlarga sog‘lik-salomatlik, ertangi kunga ishonch, musaffo osmon va barcha xayrli ishlaringizda omad tilaymiz!
Katta hurmat bilan “O‘zaviatsiya” agentligi jamoasi!!!