Singapurdagi malaka oshirish

Cingapur aviasiya akademiyasi tomonidan ajratilgan grantga asosan «O‘zaviasiya» agentligi Aviasiya xodimlariga guvohnomalarni berish va muddatini uzaytirish bo‘limi boshlig‘i Xalitov Shavkat Ravilevich, Singapur aviasiya akademiyasida bo‘lib o‘tgan, aviasiya mutaxassislari uchun kurslarni muvaffaqiyatli tamomladi.

Ushbu kurslar uch bosqichda o‘tkazildi: “Fuqaro aviasiyasini boshqarish dasturi”;“Xalqaro havo qonuni” va “Integratsiyalashgan xavfsizlikni boshqarish tizimlari.

Singapur aviasiya akademiyasining rahbariyati tomonidan o‘qish yakunida Sh. Xalitovga Fuqaro Aviasiyasini Boshqarish bo‘yicha mutaxassis diplomi berildi.