Saudiya Arabiston Qirolligining “Flyadeal” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabiston Qirolligioʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2024-yil 14-noyabrda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “Flyadeal” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga Jidda-Toshkent-Jidda, Madina-Toshkent-Madina va Jidda-Namangan-Jidda yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

Parvozlar A320 havo kemasida amalga oshiriladi.