Samarqand shahrida Discovering Uzbekistan ikkinchi turistik konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda
Bugun, 21 oktyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan xorijlik sayyohlar va aviakompaniyalarni mamlakatimizga jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Discovering Uzbekistan” konferentsiyasida “O‘zaviatsiya” agentligi vakillari ishtirok etdilar. Konferensiya Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Transport vazirligi ko‘magida “Uzbekistan airports” AJ tomonidan tashkil etildi.