Rossiya aviakompaniyasi “I Fly Ltd.” MCHJ O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumatining o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida “O‘zaviatsia” agentligi tomonidan «I Fly Ltd.» kompaniyasiga Rossiya Federatsiyasidan Moskva-Buxoro-Moskva, Vladivostok-Buxoro-Vladivostok yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 21 iyulda 2-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi.
O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun aviakompaniya tomonidan Airbus A-330/200 havo kemalari eʼlon qilindi.