O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalariga O‘zR AQ-93 va O‘zR AQ-174 o‘zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2020-yil 15-iyundagi buyrug‘lari bilan “Fuqaro aviatsiyasida aeronavigatsiya xizmatlari maʼlumoti” aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ-174) va O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro aviatsiyasini aeronavigatsiyasi” aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-93) o‘zgartirishlar kiritildi.
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davavianazorat) O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) etib qayta tashkil etilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan.