“O‘zaviatsiya” Agentligi tomonidan havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5584-sonli Farmonini amalga oshirish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi 337-son “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plamiga “O‘zaviatsiya” agentligi havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha vakolatli organ ekanligini nazarda tutuvchi o‘zgarptirishlar kiritildi.
Shu munosabat bilan, 2020 yil 27 fevraldan boshlab “O‘zaviatsiya” Agentligi havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishni boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat olish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi manzil bo‘yicha olish mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent sh., Nukus 73 "b" ko‘chasi
- Telefon / faks: +998781200072
- AFTN: UTTTYaYa
- Elektron pochta manzili: perm_uzb@uzcaa.uz
- Ishlash tartibi: kechayu-kunduz