"O‘zaviatsiya" agentligi II xalqaro huquqiy forumda ishtirok etdi
Joriy yilning 22-23 aprel kunlari poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan bir qator xalqaro tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilgan "Tashkent Law Spring" II xalqaro huquqiy forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari yuridik xizmatlari, jumladan, "O‘zaviatsiya" agentligi vakillari ishtirok etdi.
Forumda davlatning huquqiy siyosati sohasidagi joriy masalalar va istiqbollari muhokama qilindi, jonli muhokamalar va ushbu sohada tajriba almashish orqali muammolarni hal qilish yo‘llari aniqlandi.