“Oʼzaviatsiya” agentligi hamda ICАO hamkorligida oʼtkazilayotgan xalqaro tadbir

“Oʼzaviatsiya” agentligi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti (ICАO) hamkorligida joriy yilning 15-17 oktabr kunlari Samarqand shahrida “Parvozlar xavfsizligi madaniyati”ga bagʼishlangan xalqaro tadbiri oʼtkaziladi.

Seminarda parvozlar xavfsizligi sohasida dunyoning 30 dan ortiq davlatidan ekspertlar va mutaxassislarning ishtiroki rejalashtirilgan.