“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov Qatar va Malayziya davlatlari aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 25-sentyabr kuni IСAO Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov Qatar va Malayziya davlatlari aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlari bilan mamlakatlarimiz o‘rtasida havo qatnovini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda xalqaro havo transportining iqtisodiy rivojlanishi, ikki mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovlar soni va yo‘nalishlarini oshirish, havo trassalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tashabbuslar, IСAOning USOAP/USAP audit dasturlari doirasida hamkorlik qilish hamda aviatsiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.