Ommaviy axborot vositalarida Oʼzbekistonda yangi «GAB Airlines» aviakompaniyasi tashkil etilgani haqidagi xabarlar haqiqatga toʼgʼri kelmaydi
Ommaviy axborot vositalarida Oʼzbekistonda yangi «GAB Airlines» aviakompaniyasi tashkil etilgani va Airbus-320 va Airbus-330 havo kemalarida parvozlarni amalga oshirishi haqidagi xabarlar haqiqatga toʼgʼri kelmaydi.
Fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanish bilan bogʼliq boʼlgan har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Havo kodeksi va Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʼgʼrisida qonun talablariga muvofiq har qanday yuridik shaxs “Oʼzaviatsiya” agentligidan belgilangan tartibda havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olishi shart.
Faqatgina havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olgandan keyingina aviakompaniya maqomini olish mumkin va havo kemalarida havo tashuvlarini amalga oshirish huquqiga ega boʼladi.
Oʼzini «GAB Airlines»aviakompaniyasi deb atayotgan tashkilot bugungi kunga qadar “Oʼzaviatsiya” agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza va havo kemasini sotib olgani yoki ijaraga (lizingga) olgani haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan.
Shunday qilib, ommaviy axborot vositalarida Oʼzbekistonda «GAB Airlines» aviakompaniyasi tashkil etilgani haqida eʼlon qilinayotgan xabarlar haqiqatga toʼgʼri kelmaydi.