Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha seminar
2021 yil 15 mart kuni «Uzaviatsiya» agentligi xodimlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan o'quv seminarida qatnashdilar. Seminar davomida me'yorlar yaratish jarayoni sifatini oshirish va ishlab chiqilgan loyihalarni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirish bo'yicha tushuntirish va tavsiyalar olindi.