Nikolas Ralloning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi

O‘zbekiston Respublikasiga IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi direktori Nikolas Rallo 2022 yil 12 noyabr' kuni rasmiy tashrif buyurdi.

“O‘zaviasiya” agentligi direktori T.A. Nazarov xamrohligida tashrifning birinchi kunida Samarqand Xalqaro aeroportining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida Toshkent davlat transport universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A.G‘ulomov hamda mazkur oliygoh talabalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy tashrif dasturiga asosan N. Ralloning O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov va fuqaro aviasiyasi korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.