Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy targ‘ibot

2022 yil 10 noyabrda “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” va “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni”ga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar. Agentlikka Toshkent Yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi professori F.Muxiddinova hamda Mirobod tumani ma’naviyat bo‘limi xodimi N. Pulatova taklif etildi. 

Qonun hujjatlarining eng muhim yangiliklari, shu jumladan mehnat qonunchiligi yangiliklari, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan taqdimot materiallari namoyish etildi.