Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun moxiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PF-67-son Farmoni bilan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlangan.
Tadbir davomida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimiz taraqqiyeti uchun va jamiyatni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishga hizmat qilayetganligini alohida belgilab o‘tdilar.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti katta uqituvchisi F.Samig‘janova va Jamoat xavfsizligi Universiteti yuridik fanlar doktori professor S.Raxmonva va IIV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, dotsent Z.Jabbarovlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.