Jamoat transportida imtiyozli transport kartalar

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 643-sonli qaroriga muvofiq jamoat transporti (avtobus, metropoliten) dan foydalanishda АTTO yagona transport kartasining tarif rejalarini ishlab chiqish boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berib oʼtilgan.

Transport kartasi – yoʼlovchilar tomonidan umumiy foydalaniladigan transportda (yoʼnalishsiz taksidan tashqari) yurganlik uchun amaldagi tarif asosida yoʼl haqini toʼliq toʼlash uchun moʼljallangan shaxsiylashtirilmagan koʼp martalik debet toʼlov kartasi. Transport kartasining depozit hisob raqami pul mablagʼlarini tushirish orqali toʼldiriladi. Transport kartasidagi tarif rejalarining toʼliq qiymati umumiy foydalaniladigan transportdagi cheklangan tarifni, chegirma va imtiyozlarni hisobga olgan xolda, yurishlar soniga koʼpaytirish yoʼli bilan aniqlanadi.

Imtiyozli transport kartasi – umumiy foydalaniladigan transportda (yoʼnalishli va yoʼnalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan toʼlov tizimi operatori maʼlumotlar bazasida roʼyhatga olingan yoʼlovchiga transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilmagan va(yoki) shaxsiylashtirilgan transport kartasi.

Batafsil