IСAO bilan hamkorlikda meteorologik xizmatni joriy etish bo‘yicha maxsus loyiha guruhining Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT)ning MDH davlatlari 4-ishchi guruhi (IG-4) bilan hamkorlikdagi yig‘ilishi.

1-4 iyul kunlari Samarqand shahrida O‘zbekistonda ilk bor fuqaro aviatsiyasi parvozlarining meteorologik ta’minoti bo‘yicha xalqaro yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Tadbir Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) bilan hamkorlikda tashkil etilib, aviatsiya meteorologiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan yigʻilish doirasida ICAOning Yevropa mintaqaviy byurosi rahnamoligida faoliyat olib boruvchi Meteorologiya xizmatlarini amalga oshirish boʻyicha maxsus loyiha guruhi yigʻilishi oʻtkaziladi. Bu guruhning yigirma uchinchi yig‘ilishi bo‘lib, joriy yilda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) MDH davlatlarining 4-ishchi guruhi (WG-4) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Tadbirda ICAOning Yevropa mintaqaviy byurosi vakillari, Sharqiy Yevropa va MDH davlatlaridan aviatsiya va meteorologiya mutaxassislari ishtirok etadi.

Yig‘ilishning birinchi kunida SWIM tizimini (tizim miqyosida axborotni boshqarish) joriy etish bo‘yicha seminarga alohida e’tibor qaratiladi. Seminarning maqsadi global aeronavigatsiya rejasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va meteorologik va aeronavigatsiya ma’lumotlari almashinuviga yondashuvning zamonaviy usullari bo‘yicha bilimlarni tarqatishdir. Ishtirokchilar parvozlarni meteorologik ta’minlashni rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qiladilar, amaliy tajriba almashadilar va parvozlar xavfsizligini oshiris va mintaqada aeronavigatsiya xizmati tizimini takomillashtirishga qaratilganeng maqbul yechimlarni belgilaydilar.