Huquqiy targ‘ibot
2021 yil 13 oktyabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2021 yildagi PF-6191-sonli "Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yana-da qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni mazmun-mohiyatini va qabul qilinayotgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni xodimlarga yetkazishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdilar. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallari to‘plami (annotatsiya, infografika, foto, videorolik) namoyish etildi.