Huquqiy targ'ibot
2022-yil 24-mart kuni “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari huquqiy bilimlarni oshirish tadbirida ishtirok etdilar. Xodimlar e‘tiboriga “2022-yil mart oyidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik yangiliklari” yetkazildi va muhokama qilindi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan havola etilgan taqdimot materiallari (slaydlar, infografikalar) namoyish etildi va telegram-kanalining materiallaridan foydalanildi.