“Qatar Airways” Aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
O‘zbekiston Respublikasi va Qatar Davlati o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Qatar Davlatining “Qatar Airways” aviakompaniyasiga 2021 yil 7 sentabrda 13-K sonli O‘zbekiston Respublikasiga Doxa-Toshkent-Doxa yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boing 777 va Boing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.