"Air Astana" aviakompaniyasi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
"O‘zaviasiya" agentligi tomonidan 2021 yilning 8 iyun' kuni Qozog‘iston Respublikasining "Air Astana" aviakompaniyasiga Turkiston-Toshkent-Turkiston va Olmata-Samarkand-Olmata yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
"Air Astana" aviakompaniyasi Nur-Sulton – Toshkent - Nur-Sulton va Olmata - Toshkent - Olmata yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2010 yil 18 noyabrdagi 78-K sonli ekspluatasion ruxsatnomasiga xam ega.