9-May, Xotira va Qadrlash kuni

Bugun, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘zaviatsiya” agentligi rahbariyati va xodimlari Toshkent xalqaro aeroporti hududida o‘tkazilgan tantanali tadbirda faol ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida urush faxriylari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, esdalik uchun suratlar olindi, chin qalbdan minnatdorlik va chuqur hurmat ifodasi bo‘lgan so‘zlar yangradi. Bu onlar bizga shonli o‘tmish xotirasini eʼzozlash va uni kelajak avlodlarga yetkazish kabi muqaddas burchimiz borligini yana bir bor eslatdi.

Ushbu kun — oddiy sana emas. Bu — Vatan ozodligi va osmon musaffoligi yo‘lida jonini fido qilgan insonlar jasorati oldida bosh egadigan kundir.

Xotira — faqat o‘tmishga bo‘lgan hurmat emas, balki bugungi kun uchun ham maʼnaviy kuch manbaidir.

Shunday kunlarda tinchlik — qahramonlik va fidokorlik ila qo‘lga kiritilgan neʼmat ekanligi yana-da yorqinroq seziladi.

Ajdodlarimiz mardligi bizga Vatan rivoji yo‘lida munosib xizmat qilishga, hamjihatlikga undaydi!

“O‘zaviatsiya” agentligi jamoasi ushbu muhim kunni chuqur ehtirom bilan nishonlab, fahriylarimizga samimiy minnatdorlik bildiradi.