7 dekabr kuni – “International Civil Aviation Day” Halqaro fuqaro aviatsiyasi kuni!
7 dekabr kuni – “International Civil Aviation Day” Halqaro fuqaro aviatsiyasi kuni nishonlanadi!
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni 1994 yil 7 dekabrda nishonlana boshladi. Ushbu sana Chikagoda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi konventsiya imzolanganining 50 yilligiga to'g'ri keldi. Ushbu bayram rasman 1996 yildan beri BMT Bosh assambleyasi Xalqaro fuqarolik aviasiyasi kunini tasdiqlash to'g'risida qaror qabul qilganidan keyin nishonlanadi. Bayram dunyoda keng tarqaldi, uning maqsadi jamoatchilik e'tiborini fuqaro aviatsiyasiga jalb qilish edi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) Birlashgan Millatlar Tashkilotining hukumatlararo ixtisoslashgan agentligi bo'lib, 1944 yilda dunyo havo qatnovining xavfsizligi, muntazamligi va iqtisodiy samaradorligini ta'minlash maqsadida davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun tashkil etilgan.
Hozirda IKAO 190 davlatni birlashtiradi. 1992 yil 3 iyulda O'zbekiston Parlamenti Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi konvensiyani (Oliy Kengashning 1999 yil 3 iyuldagi 666-XII-sonli qarori) ratifikatsiya qildi va 1992 yil 12 noyabrdan boshlab, O'zbekiston Respublikasi tegishli majburiyatlarni zimmasiga olib Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) to'liq huquqli a'zosi bo'ldi.
O'zbekistonning IKAO dagi faol ishtiroki ushbu tashkilotning siyosatini shakllantirishga, O'zbekiston Respublikasining manfaatlarini inobatga olgan holda, O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xalqaro havo yo'llarida erkin parvoz qilish qobiliyatini saqlab qolgan qarorlarni himoya qilish va qo'llab-quvvatlashga, ilg'or tajriba va uni mahalliy amaliyotga tadbiq etib, IKAO doirasida rivojlangan xorijiy aviatsiya to'g'risida ma'lumot olish imkoniyatini beradi.
“O’zavaitsiya” Agentligi O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida mehnat qiladigan barcha aviatsiya xodimlarini fuqaro aviatsiyasi kuni bilan muborakbod etadi!