1-4-iyul kunlari Samarqand shahrida fuqaro aviatsiyasi sohasida meteorologik xizmatlarining tizimli axboroti boshqaruviga bag‘ishlangan IKAO xalqaro seminari bo‘lib o‘tmoqda

1-iyul kuni Samarqand shahrida fuqaro aviatsiyasi sohasida  meteorologik xizmatlarining axborot boshqaruvi tizimini (SWIM) joriy etishga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan  Xalqaro fuqaro aviatsiyasi Tashkilotining (ICAO) Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

SWIM tizimi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya ma’lumotlarini boshqarishning asosiy raqamli modeli bo‘lib, IСAOning  Global aeronavigatsiya rejasi doirasida aviatsiya ma’lumotlari, shu jumladan meteorologik ma’lumotlar almashinuvini o‘z ichiga oladi.

Seminarning asosiy maqsadi  xalqaro ICAOning Aeronavigatsiya meteorologik xizmatlarini Global aeronavigatsiya rejasiga muvofiq amalga oshirish jarayonini takomillashtirish va meteorologik axborot almashinuviga zamonaviy yondashuv usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar bilan bo‘lishish. Shuningdek,   parvozlarning meteorologik ta’minotini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar  va mintaqada parvozlar xavfsizligini oshirish va aeronavigatsiya xizmatlari tizimini takomillashtirishga qaratilgan  yechimlarning ishlab chiqishga qaratilgan.

Tadbirda ICAOning Yevropa va shimoliy Atlantika Byurosi vakillari, Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari aviatsiya va meteorologiya sohasidagi ekspertlari ishtirok etmoqdalar.

Seminar doirasida Jahon meteorologiya Tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan parvozlarining meteorologik ta’minoti bo‘yicha maxsus ishchi guruhning yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.