“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining poytaxtimizdagi — “G‘alaba bog‘i” va “Millat fidoyilari” majmualariga tashrifi
“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari poytaxtimizdagi — “G‘alaba bog‘i” va “Millat fidoyilari” majmualarini ziyorat qilish chog‘ida “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi eksponatlar bilan yaqindan tanishishdilar. Vatan ozodligi, tinchligi va istiqloli yo‘lida jasorat ko‘rsatgan, qurbon bo‘lgan mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasini yod etdilar. Yodgorlik majmualarida yaratilgan ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirib, ular bilan bog‘liq hikoyalarni tingladilar.
Davlat rahbarining tashabbusi va g‘oyasi asosida tashkil etilgan “Millat fidoyilari” xiyoboni mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bag‘ishlangan.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurt tarixi va buyuk ajdodlar xotirasini asrab-avaylash, yoshlar qalbida vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.