Результаты рассмотрения обращений физических и юридических лиц

Рассмотрение обращений физических и юридических лиц Агентством «Узавиация» при Министерстве транспорта Республики Узбекистан за III квартал 2020 год

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiya agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning Qonunda belgilangan tartibda o‘z vaqtida har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqilishi ta'minlanmoqda.

Fuqaro aviasiya agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2020 yilning 9 oyida jami 13 ta (2019 yilning 9 oyida jami 7 ta) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 3 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali, 7 tasi yozma, 1 tasi elektron shaklda hamda 2 tasi rasmiy veb-sayti orqali kelib tushgan murojaatlarni tashkil qiladi.

2020 yilning 9 oyida kelib tushgan murojaatlarning 4 tasi (30.7%) qanoatlantirildi, 8 tasi (61.5%) yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi va 1 tasi (7.6%) ko‘rmasdan qoldirilgan.

Fuqaro aviasiya agentligiga kelib tushayotgan barcha murojaatlar bevosita rahbariyat tomonidan nazoratga olingan. Agentlikning murojaatlar bilan ishlash ahvoli tizimli ravishda monitoring qilinib, har chorakda tahlil qilib borilmoqda.

Agentlikning kengaytirilgan yig‘ilishlarida har chorakda murojaatlar bilan ishlash ahvoli bo‘yicha muhokama qilinib, kamchilik va muammolarni bartaraf etish haqida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib kelinmoqda.

Shuningdek, Agentlikning rahbariyati hamda bo‘lim rahbarlari, mas'ul xodimlari aholining muammolarini eshitish va ularni hal etish yuzasidan joylarda muntazam ravishda sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan grafik tasdiqlangan bo‘lib, shu asosda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Bunda, murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularni joyiga chiqib o‘rganishga, ularni ijobiy (qanoatlantirish) hal etilishiga alohida e'tibor qaratilgan.

Скачать

Дата обновления страницы: 20.11.2020 16:28:59

Версия для печати