Ежеквартальный аналитический доклад
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2022 yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
2022 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari bilan sodir aviatsiya hodisalarning umumiy soni 4tani tashkil qildi. 2021 yilning shu davrida ham sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarning umumiy soni 4tani tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar va aviatsiya xavfsizligini nazorat qilish
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 7ta aviakompaniya, 12ta aerodrom, 2 O‘quv-mashq markazi, 6ta havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti va 3ta fuqaro aviatsiyasi havo kemalarini ta’mirlash korxonalari o‘z faoliyatini olib borishmoqda.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidanxisobot davrida quyidagilar amalga oshirildi:
1) 2ta sertifikatsiya tekshiruvlari, shulardan:
Andijon va Farg‘ona aerodromlarida 2022 yilning yanvar-mart oylari sertifikatsiya tekshiruvlari amalga oshirilgan.
Aerodromlarning sertifikatsiya tekshiruvlari davrida jami 23 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib bo‘lib va ular yuzasidan dalolatnomalar qayd etilgan.
Aniqlangan kamchiliklarlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha aerodrom sertifikatlari tegishli muddatga uzaytirildi.
Kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo’yicha “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan muntazam nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
Sertifikatsiya tekshiruvi natijalari bo‘yicha Andijon va Farg‘ona aerodromlariga “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikatsiya dalolatnomalari kiritilgan.
2) 18 ta inspektorlik tekshiruvlari, shulardan:
- Navoiy aerodromida inspeksiya tekshiruvi bajarilgan.Natijalari bo‘yicha inspektorlik taqdimnomasi rasmiylashtirilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanib aerodrom rahbariyatiga yuborilgan.
- “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uz Aero Tech Group” QK MChJ
va “Agro-parvoz” KTAIChK korxonalarida aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha sifat nazorati tekshiruvlari. Natijalari bo‘yicha 3ta nomuvofiqliklar aniqlangan. O‘tkazilgan tekshiruv yakuni bo‘yicha tegishli xisobot tayyorlangan va “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanib tekshiruvdan o‘tkazilgan fuqaro aviatsiyasi ob’ekti rahbariga yuborilgan. - O‘zbekiston Respublikasi Аviakompaniyalarida marshrutlar boʼyicha 4 ta inspektsiya tekshiruvlari bajarilgan. Natijalari boʼyicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan.
- IKAO standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy davlatlarning havo kemalari ekspluatantlarining (“Air Cairo”, “Lufthanza”,
Fly Egypt, Asiana,Zagros va Nile Air) 6 ta perronda inspektsiya tekshiruvi oʻtkazildi. - “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti” MChJ TSQ TUEKda Inspekstorlik tekshiruvi 2022 yil 30 mart kunida bo‘lib o‘tdi. Tekshiruv jarayonida 4ta kamchilik aniqlandi va ularni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar rejasini tuzish belgilandi. Markaziy tibbiy uchish ekspert komissiyasining 11ta kengashi o‘tkazildi.
- uchuvchisiz uchish apparatlari ekspluatanti “Jizzax Organic” MChJ tashkilotida inspektorlik tekshiruvi o‘tkazildi. Natijalari bo‘yicha nomuvofiqliklar aniqlanmadi.
- “UZROSAVIA” MChJ va KTAIChK “Agro-Parvoz” havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida 2 ta inspeksiya tekshiruvlari. Natijalari bo‘yicha nomuvofiqliklar aniqlanmadi.
3) O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2022 yilning yanvar mart oylarida Rossiya Federatsiyasining “AZIMUTH” aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berildi. Shuningdek, “PIA” (Pokiston) va “Air Manas” (Qirg‘iziston) aviakompaniyalarining ekspluatatsiya ruxsatnomalarining amal qilinishi tiklandi. 18ta xorijiy aviakompaniyalarning arizalariga asosan, amaldagi foydalanish ruxsatnomalariga 10ta yangi yo‘nalishlar va 12ta yangi havo kemalari kiritildi.
4) Fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun 2022 yilning yanvar-mart oylarida “Oʻzaviatsiya” agentligining rasmiy veb sayti orqali (www.uzcaa.uz) 3160 so‘rovnoma kelib tushgan boʻlib, bulardan 1819 passajirlarni tashish, 120 yuk tashish, 128 texnik parvozlar, 7 ambulatoriya parvoz, 171 biznes parvozlar, 47 gumanitar parvozlar 13 hukumat parvozlari uchun umumiy hisobda 2302 tegishli ruhsatnomalar rasmiylashtirilgan.
5) Fuqaro aviatsiyasi xodimlarining (uchuvchilar tarkibi, HHB dispetcherlari, muhandis-texnik tarkib va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari)
7 ta guvohnoma berildi, 138 nafariga malaka belgi va toifalar, 12 ta guvohnomaga ingliz tili/CPL, ATPL qo‘shimcha varaqalari berildi, 19ta guvohnoma almashtirildi va 156 tasining amal qilish muddati uzaytirildi.
6) Xisobot davrida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 3 ta havo kemalari davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomalari, 13 ta havo kemalariga uchishga yaroqlilik sertifikatlari, 2 ta shovqinlar bo‘yicha sertifikatlari, 5 ta radio jihozlar bo‘yicha sertifikatlari berildi. “HUMO AIR” MChJning texnik xizmat ko‘rsatishni tartibga solish bo‘yicha ekspluatant qo‘llanmasini (MCM), “UAT” MChJning havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari bo‘yicha qo‘llanmasi (MOE), “My Freighter” MChJning texnik xizmat ko‘rsatishni tartibga solish bo‘yicha ekspluatant qo‘llanmasi (MCM), “Uzbekistan Airways” AJning minimal uskunalar ro‘yxati (MEL), “Qanot Sharq” MChJning minimal uskunalar ro‘yxati (MEL) ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
7) “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2022 yilda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 avgustdagi 226-son “Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida 105 ta yangi qurilayotgan ob’yektlarning balandliklari o‘rnatilgan tartibda kelishildi. Umumiy 13 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.
Raqamlashtirish
- “O‘zaviatsiya” agentligida Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va “Kiberxavfsizlik markazi” bilan kelishilgan holda agentlik direktori tomonidan tasdiqlandi.
- “O‘zaviatsiya” agentligining “Axborot infratuzilmasida axborot va kiberxavfsizlik ta’minlanishi holati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi va agentlik direktori tomonidan tasdiqlandi.
- O‘zbekistonga bir martalik (charter) parvozlarni amalga oshirish uchun so‘rovnomalarni taqdim etish va ruxsatnomalar berish yangi tizimini yaratish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari va Agentlikning mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
- Xavflarni baholash imkoniyatini beradigan fuqaro aviatsiyasi ob’ektlarining holatini nazorat qilish uchun ma'lumotlar bazasini modernizatsiya qilish ishlar davom etilmoqda.
- Attestasiyadan (tekshiruvdan) o‘tish uchun dastlabki ariza topshirish uchun onlayn xizmatlarni joriy etish, shuningdek aviatsiya xodimlari guvohnomalarining amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumot olish tizimi joriy etish va takomlashtirish ishlar davom etilmoqda.
Xalqaro faoliyat
- “O‘zaviatsiya” agentligi Fransiya Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi delegatsiyasi vakillari bilan 2022 yilning 17 yanvar kuni o‘z vakolatlari doirasidagi savollar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Frantsiya va O‘zbekiston o'rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, so‘ngi yillarda mamlakatimiz aviatsiya sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikr almashildi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash bo‘yicha
Mazkur Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida 2022 yil xisobot davrida fuqarolardan kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2022 yil yanvar-mart oylarida “O‘zaviatsiya” agentligiga 5ta murojaat kelib tushgani aniqlandi.
Shulardan:
- 1 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;
- 4 tasi elektron pochta orqali;
Tahlil davomida elektron pochta orqali kelib tushgan 1ta murojaatni yuboruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmaganligi sababli anonim deb topildi.
Yuqoridagi murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son qarori talablarini bajarish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun har kuni soat 8 dan 11 gacha shaxsiy qabul tashkillashtirilgan.
Скачать информацию за I квартал 2022 года
Дата обновления страницы: 19.04.2022 10:53:20
Версия для печати