Ежеквартальный аналитический доклад
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2025-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
MA’LUMOT
“O‘zaviatsiya” agentligining 2025-yilga mo‘ljallangan Tashkiliy tadbirlar rejasiga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Parvozlar xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
-3 ta sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazilgan, mazkur tekshiruvda 69 ta kamchiliklar aniqlanib tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot
va korxonalarga 1 ta inspektorlik taqdimnomalari kiritildi va nazoratga olindi.
-12 ta inspeksiya va 00 ta kompleks tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlar natijasida jami 113 ta kamchilik aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ekspluatant zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 7 ta inspektor taqdimnomasi yuborilgan.
- IKAO standartiga muvofiq fuqaro aviatsiyasi aerodromlarida “SAFA” tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
- SAFA (Safety Assessment of Foreign Aircraft) — chet el aviakompaniya havo kemalarining texnik xolati, bort va ekipaj a’zolarining xujjatlari, havo kema jixozlarining xavfsizlik xolati bo‘yicha baholash dasturi doirasida fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy davlatlar ekspluatantlarining havo kemalarida 11 ta rejali perrondagi inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilgan (“Sun Express”, “UVT AERO”, “Malindo Airways”, “LOT”, “AJet”, “Tez Jet”, “Loong Air”, “Sibir”, “Flyadeal”, “Flynas” va “Fly Arystan”). Tekshiruv natijalari bo‘yicha quydagi aviakompaniyalarda kamchiliklar aniqlandi.
- “Sibir Airlines” Airbus A-321 (RA-73436)da 4 ta kamchilik (2- toifa);
- “Flyadeal” Airbus A330-300 (TC-NYA)da 3 ta kamchilik (1-toifa);
- “Flynas” Airbus A-320 (HZ-NS85)da 1 ta kamchilik (2-toifa).
- “AJet” Boeing B-737 (TC-JZU)da 1 ta kamchilik (2- toifa);
- “TezJet” AVRO RJ-85 (EX-27005)da 2 ta kamchilik (2-toifa);
- “UVT aero” CRJ-200 (RA-67154) da 1 ta kamchilik (1- toifa);
- “Sun Express” Boeing 737-800 (TC-SPH) da 1 ta kamchilik (1-toifa);
- “Batik Air” Boeing 737-MAX8 (9M-LRH) da 2 ta kamchilik (2-toifa).
- “LOT Polish Air” Boeing 737-MAX8 (SP-LVT) da 2 ta kamchilik
(2-toifa).
- “Loong Air” Airbus A-320 (B-30DH)da 1 ta kamchilik (1-toifa).
Aniqlangan toifalaar yuzasidan Aviakompaniya xamda davlatlarning aviatsiya mamuriyatlariga tegishli xatlar yuborilgan.
“SAFA” bo‘yicha xorijiy inspektorlar tomonidan Rezident aviakompaniyalarda 2-toifa darajadagi nomuvofiqliklar aniqlangan. Ushbu nomuvofiqliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida quyidagi rezident aviakompaniyalarga inspektorlik Taqdimnomalari yuborilgan:
- Barcha rezident aviakompaniyalarga, 14.02.2025-yil, 01-39/1Z-638-son Taqdimnoma;
- “Uzbekistan Airways” AJ, 27.01.2025 yil, 01-39/7-361-son Taqdimnoma;
- “My Freighter” MCHJ, 30.01.2025 yil, 01-39/7-444- Taqdimnoma.
2025-yil fevral oyining holatiga ko‘ra rezident aviakompaniyalarning “SAFA” ko‘rsatkichlari quyidagicha:
“Uzbekistan Airways” AJ – 0,57 (avval 0,80);
“Qanot Sharq” MCHJ – 1,63 (avval 1,33);
“My Freighter” MCHJ – 0,79 (avval 0,88);
“Fly Khiva” MCHJ – 1 (avval 0).
Ma’lumot uchun: “SAFA” (Safety Assessment of Foreign Aircraft) — chet el aviakompaniyalari havo kemalarining texnik xolati, bort va ekipaj a’zolarining xujjatlari, havo kema jixozlarining xavfsiz xolati bo‘yicha baholash dasturi. “SAFA” tekshiruvlari Yevropa Ittifoqi davlatlari
va “SAFA” dasturiga a’zo davlatlar tomonidan amalga oshiriladi.
“SAFA” dasturida aniqlangan kamchiliklar 3 toifaga bo‘linadi:
1 — Toifa: Xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan kichik kamchiliklar.
2 — Toifa: Jiddiy, lekin qisqa vaqt ichida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar.
3 — Toifa: Parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy muammolar, darhol chora ko‘rish talab etiladi.
- O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun 3 ta xorijiy aviakompaniyalarning arizalariga asosan, muntazam aviaqotnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi
3 ta Ekspluatatsion ruxsatnoma rasmiylashtirildi
Bular:
Aviakompaniya «T’way Air» Koreya Respublikasi № 40-K 03.02.2025-yil Seul-Toshkent yo‘nalishida;
Aviakompaniya «AIR ASIA X BERHAD» Malayziya № 41-K 03.02.2025-yil Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishida;
Aviakompaniya «RED SEA AIRLINES» Misr Arab Respublikasi
№ 42-K 22.02.2024-yil Sharm El Sheyx-Toshkent yo‘nalishida:
Shu bilan birga, bugungi kunda xorijiy aviakompaniyalarning 17 ta arizalariga muvofiq 69 ta yangi havo kemalari va 1 ta yangi yo‘nalish kiritildi ekspulatatsion ruxsatnomalarga kiritildi.
III. 2025-yilga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar rejasidan tashqari quydagi tadbirlar amaalga oshirildi:
- Xavo kemalarining texnik holatini baholash bo‘yicha 36 ta inspeksiya tekshiruvlari o‘tkazildi:
Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra 6 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 29 ta parvozga yaroqlilik guvohnomasi, 3 ta shovqin bo‘yicha guvohnoma, 5 ta radiojixozlar bo‘yicha guvohnoma rasmiylashtirildi. Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra 00 ta xorijiy texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tan olish to‘g‘risidagi guvohnoma berildi.
- Aviakompaniyalarning muroajatlari bo‘yicha 39 ta texnik hujjatlarni (Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari, Texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar, Minimal uskunalar ro‘yxatlari, Yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanmalar, Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari, Harakatlar rejalari) tasdiqlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar yakunlandi.
- Dastlabki sertifikatsiya jarayonini o‘tash va ekspuluatant sertifikatiga ega bo‘lish maqsadida “Ochiq Aviatsiya” MCHJ yo‘llangan arizasiga asosan 6-8-yanvar kunlari sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazildi. Sertifikatsiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra 21-O sonli ekspuluatant sertifikati taqdim qilindi va bu bilan “Ochiq Aviatsiya” MCHJ aviakompaniya maqomini oldi.
- Dastlabki sertifikatsiya jarayonini o‘tash va ekspuluatant sertifikatiga ega bo‘lish maqsadida “Sky Guard” MCHJ yo‘llangan arizasiga asosan 10-15-yanvar kunlari sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazildi. Sertifikatsiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra 22-O sonli ekspuluatant sertifikati taqdim qilindi va bu bilan
“Sky Guard” MCHJ aviakompaniya maqomini oldi.
- Transport vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan
28-yanvar kuni idoralararo ishchi komissiya bilan birgalikda “Andijon xalqaro aeroporti”da 2022-yildan beri olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mavjud holat tahlil qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi va uning xududiy bo‘linmalarining tegishli xatlar (2 ta so‘rovnoma)ga muvofiq fuqaro aviatsiyasida uchish xavfsizligi va parvozlarning muntazamligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ahvoli o‘rganish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining 8 nafar malakali mutaxassislari jalb qilingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra umumiy hisobda 11 ta kamchiliklar aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib prokuratura xodimlariga taqdim qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“ “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga muvofiq “Buxoro Agroklaster” MChJga 30-sonli xulosa bilan foydalanishga ruxsat berildi va 2 dona Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlari ro‘yxatga olindi va reestirga kiritildi.
Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan xamkorlikda uchuvchisiz uchish apparatlaridan noqonuniy foydalanish va saqlash yuzasidan tegishli ekspertiza xulosalar o‘tqazildi va natijada 2 ta o‘yinchoq model va 21 ta uchuvchisiz uchish apparatlari aniqlandi.
Xorijiy ijodiy guruxlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xududida uchuvchisiz uchish aparatlaridan vaxtincha foydalanishga ruxsat olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 10 ta murojaati “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rib chiqildi va tegishli ruxsatnomalar berildi.
- Hisobot davrida Fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga (uchuvchilar tarkibi, HHB dispetcherlari, muhandis-texnik tarkib va xizmat ko‘rsatuvchilar) 222 ta guvohnomalar, 104 ta malaka belgi va toifalar, 16 ta guvohnomalar yangisiga almashtirildi va 200 ta guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirildi;
- Fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun yil davomida “O‘zaviasiya” agentligining rasmiy veb sayti orqali (www.uzcaa.uz) umumiy hisobda 1880 ta so‘rovnoma kelib tushgan va 1755 ta tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.
- Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish masalasida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona Nizom” talablari asosida yangi qurilayotgan obyektlarning balandliklari o‘rnatilgan tartibda kelishildi va elektron tizim orqali umumiy hisobda 213 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.
- 2025-yil 27-28-fevral kunlari “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJda, Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv ta’minoti xizmati xodimlari «Qutqaruvchi» maqomini tasdiqlash va egallab turgan lavozimiga loyiqligi bo‘yicha attestatsiya o‘tkazilishi jarayonlarini muvofiqlashtirish va nazoratga olish maqsadida ishtirok etildi.
- “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKning 22-yanvar 2025-yildagi
02-41-sonli xati va amaliyotni o‘tash bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvaliga muvofiq Buxoro, Navoiy, Qarshi, Urganch va Nukus xalqaro aeroportlarining sog‘lomlashtirish tibbiy punktlari shifokorlari va tibbiyot xodimlari bilan “O‘zaeronavigatsiya” Markazini mazkur aeroportlarda faoliyat yurituvchi havodaagi harakatni boshqaruvchi dispetcherlarni komissiyalararo shifokorlar bilan birga qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq tibbiy tekshiruvini o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ish joylarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
- Markaziy tibbiy uchish ekspert komissiyasi (MTUEK)ning 7 ta kengashi Bo‘lib o‘tdi. Bunda 15 nafar fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimining tibbiy hujjatlari ko‘rib chiqildi va ulardan 1 ta uchuvchi, 1 ta havodagi harakatni boshqarish dispetcheriga va 2 ta bortkuzatuvchilarga kasbiga faoliyatiga yaroqsiz haqidagi yakuniy tibbiy xulosalar chiqarildi. tibbiy xulosa olishga 4 ta nomzodlarga MTUEKning tibbiy xulosalari berildi va bu xaqda natijalar kengashning bayonnoma jurnaliga rasmiylashtirildi.
- Soha faoliyatida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish
va takomillashtirish. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq “Fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi №05/19-73-son topshirig‘iga muvofiq IKAO standartlarini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjat loyihalarini joriy yil yakuniga qadar ishlab chiqishni ta’minlash hamda fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuv harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan me’yorlar, qoida va tartib-taomillarni takomillashtirish maqsadida, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiya, “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasining standartlari va tavsiyalariga kiritilgan 16, 17 va 18-son o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tili davlat tili sifatidagi nufuz va mavqesini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son Farmoniga muvofiq davlat tilida ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun yuborildi.
Mazkur loyiha Vazirlar Mahkamasi tomnidan 2025-yil
10-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturini tasdiqlash haqida”gi 152xdfu-son Qarori tasdiqlandi.
- 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tili davlat tili sifatidagi nufuz va mavqeni tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga doir tekshiruvni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2024-yil 6-yanvar loyiha raqami (ID 56067) ishlab chiqildi.
Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi qoidalari, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiya, “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilova, IKAOning standartlari va tavsiyalariga muvofiq hamda 1961-yil 18-apreldagi diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi hamda 1963-yil 24-apreldagi konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga muvofiqlashtirilgan.
Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish
va tasdiqlash uchun yuborildi.
- 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvatlash chora-tadbirlari to‘grisida”gi 2021-yil 30-apreldagi PQ-5100-son qarori ijrosini ta’minlash, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaga “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasining standartlari va tavsiyalariga muvofiq, hamda fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuv harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan me’yorlar, qoida va tartib-taomillarni takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida toifalanmagan aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu qaror loyihasining qabul qilinishi natijasida fuqaro aviatsiyasida noqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan milliy talablarni, IKAO standartlari
va tavsiyalari bilan muvofiqlashtirishga hamda xalqaro talablarni toifalanmagan aeroportlar (aerodromlarda) qo‘llanishiga olib keladi.
Mazkur xujjat loyihasi 2025-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan www.project.mygov.uz loyiha raqami (ID 4441) elektron tizim orqali vazirlik va idoralar bilan kelishish va muxokama qilish jarayonidan o‘tish uchun kiritilgan.
- 4. “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining 2024-yil 28-martdagi
47-sonli “Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, (2010-yil 10-sentyabrda Pekinda qabul qilingan) Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga nisbatan noqonuniy xati-harakatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ishlab chiqish maqsadida zarur hujjatlar to‘plamini tayyorlandi hamda (2010-yil
10-sentyabrda Pekin shahrida qabul qilingan) Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyani to‘ldiruvchi Bayonnomasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ishlab chiqish maqsadida zarur hujjatlar to‘plami tayyorlandi.
Mazkur xujjat loyihasi 2024 yil 13 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan www.project.mygov.uz elektron tizim orqali loyiha raqami (ID 1350) vazirlik va idoralar bilan kelishish va muxokama qilish jarayonidan o‘tmoqda.
- O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining 41-moddasiga
muvofiq hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning
7-ilovasiga “Havo kemalarining davlat va ro‘yxatga olish belgilari”
1-7-o‘zgartirishlar va 10-ilovasining “Aviatsiya elektr aloqasi” III-jildiga 92-o‘zgartirishni tatbiq etish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002)ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 22-yanvardagi 3196-son buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq www.loyiha.adliya.uz tizimida tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishildi va O‘zbekiston Respublikaasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga kiritildi. 2025-yil 19-fevraldagi 3608-son ro‘yhat raqami bilan Adliya vazirlidan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. - O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi 49-moddasiga hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning 1-ilovasi “Aviatsiya xodimlariga guvohnoma berish”ga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) loyihasi tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-son buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq www.loyiha.adliya.uz tizimida tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishildi va Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga kiritildi. Ushbu xujjat 2025-yil 24-fevraldagi 3609-son ro‘yhat raqami bilan Adliya vazirlidan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
III. Soha faoliyatini raqamlashtirish.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2024 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi faoliyatida 2024-yilga raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha” tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Transport vazirligining 2023-yil 16-oktyabrdagi “Xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 177-son buyrug‘iga muvofiq “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Parvozlarning uchib kelgan/uchib ketgan vaqtlarini aniq belgilash maqsadida “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini aeroportning “AODB” ma’lumotlar tizimi bilan integratsiyasi bo‘yicha ishlar muvofaqiyatli yakunlandi.
- IV. Xalqaro faoliyat
18 - 21-fevral kunlari IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori Nikolas Ralloning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad IKAO standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga tadbiq etish holatini o‘rganish hamda “Transport vazirligi va IKAO o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida Kelishuv” masalalarini muhokama qilish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish nazarda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va IKAO munosabatlarini keyingi bosqichga o‘tkazish maqsadida Hukumat a’zolari va bir qator vazirlik hamda aviatsiya tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, N. Rallo O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xo‘jayev qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Maxkamov hamda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida N. Rallo O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi
va O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi ta’minlanishi yuqori darajada ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tashrif yakunida, N. Rallo joriy yilida O‘zbekistonda IKAOning “Fuqaro aviatsiyasining meteorologiya ta’minotida xalqaro standartlarni tadbiq etish” halqaro seminarini hamda Transport vazirligi va IKAO o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida Kelishuvni” amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhning O‘zbekistonda o‘tkazilishiga kelishib olindi.
- V. IKAO talablariga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining malakasini oshirish
2025-yilning 3-14-fevral kunlari Fransiyaning Tuluza shahrida Fransiya Respublikasining Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) tomonidan “Davlatlarning Parvozlar xavfsizligi darajasi” (Safety at State Level) deb nomlangan o‘quv kursida “O‘zaviatsiya” agentligining bir nafar inspektor xodimi ishtirok etdi. Ushbu o‘quv kursining asosiy maqsadi parvozlar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini boshqarish hamda parvozlar xavfsizligiga aloqador xavflarini samarali baholash va ushbu xavflarini darajasini kamaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat. Mazkur o‘quv kursining yakunida barcha test chinovlardan muvofaqiyatli o‘tildi va xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
2025-yil 17-20-mart kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-Ota shahrida joylashgan IKAO mintaqaviy aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha fuqaro aviatsiya akademiyasida “Xavflarni boshqarish” masalalari bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu seminarda “O‘zaviatsiya” agentligining aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishidagi ikki nafar mutaxasisslarining ishtiroki ta’minlandi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
2025-yilning 18-mart kuni Toshkent shahrida, “Uzbekistan Airways” “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJda “Boeing” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan “SMS Workshop” konferensiyasida “O‘zaviatsiya” agentligining bir nafar xodimi ishtirok etdi va kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga va yangi bilimlarga ega bo‘ldi.
2025-yilning 18-20 mart kunlari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Chimkent shahrida, “Qozog‘iston Respublikasida qidiruv va qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish” bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar tadbiri o‘tkazildi.
O‘quv-mashg‘ulotlar davomida Parvozlarini qidiruv-qutqaruv yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy ekspertlar fikrlari bilan almashish, shuningdek, ushbu sohada O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari orasida kelgusidagi hamkorlikni oshirish, shu jumladan chegara hududlarida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazish masalalarini muhokamasini o‘tkazish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining Parvozlarning qidiruv avariya-qutqaruv va yong‘in xavfsizligi ta’minoti nazorati bo‘limining boshlig‘ining ishtiroki taaminlandi.
2025-yilning 24-26-mart kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Yevropa ittifoqi (ECAC) tomonidan uyishtirilgan CASE II loyihasi doirasida “Milliy auditorlar malakasini oshirish” ikkinchi bosqich doirasida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Bunda “O‘zaviatsiya” agentligining aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishidagi bir nafar mutaxasisining ishtiroki ta’minlandi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqim qilindi.
Дата обновления страницы: 24.10.2025 10:27:29
Версия для печати
