Davavianazorat
Davavianazorat

Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

Bosh / Hisobotlar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

“Davavianazorat” inspeksiyasi boshlig‘i “Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi kuni”dagi nutqi

Davavianazorat boshlig‘ining 2017 yil yakuni bo‘yicha Parvozlarning xavfsizlik kuniga bag‘ishlangan dokladidan asosiy tezislar 2018 yil 22 fevral yig‘ilish

2017 yil bo‘yicha "Parvozlarning xavfsizlik kuni”ni ochib shuni eslatib o‘tmoqchimanki, xavfsizlik kunini o‘tkazishdan maqsad va uning vazifalaridjan biri bu aviatsiya halokatlarini oldini olish, parvoz xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ish yuritish tizimini rivojlantirish, parvoz xavfsizligi darajasini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilagan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasida to‘rtta aviakompaniya: “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi, “Silk Road Cargo Business” aviakompaniyasi va “Agro-Parvoz” ko‘pqirrali aviatsiya ishlab chiqarish korxonasi; to‘rtta havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlari: “Uzbekistan Airways Technics” aviatsiya korxonasi, “An RAD AERO” ma’suliyati cheklangan jamiyati, “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi va “Agro-Parvoz” ko‘pqirrali aviatsiya ishlab chiqarish korxonasi; ikkita o‘quv-mashq markazlari: “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining o‘quv-mashq markazi va “Dostupnoye nebo” nodavlat o‘quv muassasi; ikkita fuqaro aviatsiyasi ta’mirlash korxonalari: “Uzbekistan Airways Technics” aviatsiya korxonasi va “Toshkent mexanik zavodi” aksionerlik jamiyati hamda o‘n ikkita aerodrom (o‘n bitta xalqaro va “Sergeli” aerodromi) o‘z faoliyatlarini yuritishdi.

Fuqaro aviatsiya aviakompaniya va tashkilotlarini sertifikatsiya va inspektorlik tekshiruvlari belgilangan xalqaro talablariga muvofiq o‘tkazildi.
«Davavianazorat» inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasilda hamda xorijiy davlatlarda sodir bo‘lgan aviatsiya xodisalari tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga asosan xavf-xatar omillarni bartaraf qilishga va parvozlar xavfsizligining darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kelgusida aviaxodisalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida «Davavianazorat» inspeksiyasi tomonidan 2017 yilda sodir bo‘lgan barcha aviaxodisalar buyicha tegishli profilaktika tadbirlari ishlab chiqildi.
2017 yildagi o‘rtacha ko‘rsatgichlarni 2013-2017 yillarning besh yillik ko‘rsatgichlarining o‘rtacha soni bilan taqqoslaganda, 2017 yilda sodir bo‘lgan aviatsiya insidentlarning soni besh yilda sodir bo‘lgan insidentlarning o‘rtacha soniga mos keladi. Havo kemalarining texnik nosozligi bilan bog‘liq aviatsiya insidentlari soni besh yillik o‘rtacha ko‘rsatgichidan past darajada. 2017 yilda parvozlar xavfsizligi darajasi bitta aviatsiya insidentiga nisbatan uchish vaqti bo‘yicha xalqaro talablariga mos deb bahonalanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
- 2017 yilda sodir bo‘lgan aviatsiya insidentlarning soni, shu jumladan «inson omili» salbiy ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan, besh yillik o‘rtacha ko‘rsatgichiga mos keladi;
- 2017 yilda sodir bo‘lgan aviatsiya xodisalarning miqdoriy ko‘rsatgichi, sodir bo‘lish tabiati va sharoitlarini 2016 yilga nisbatan va besh yillik o‘rta statistik ko‘rstagichlarga taqoslanganda Uzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining parvozlar xavfsizligining umumiy holati xalqaro talablariga mos darajada bo‘lgan.
«Inson omili» salbiy ta’siri, havo kemalarni qushlarga to‘qnashish bilan bog‘liq aviatsiya xodisalarning mavjudligi, uchuvchilar boshqaruv tarkibi, aeroportlar va havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish korxonalarining rahbarlari tomonidan kelgusida aviaxodisalarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbir ishlarini faol olib borishni talab qiladi.

Parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi: O‘zbeksiton Respublikasi fuqaro aviatsiyasining parvozlar xavfsizligining 2017 yildagi holati to‘g‘risidagi ma’lumotni jamoatga, O‘zbeksiton Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakompaniya va tashkilotlarning raxbarlik tarkibi va xodimlariga yetkazish; 2018 yildagi parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar Rejalarini bajarishni ta’minlash Xavf-xatar omillarini kamaytirishga va bartarf etishga qaratilgan chora-tadbirlar monitoringini doimiy ravshda o‘tkazib turish.

“Davavianazorat” inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Oleg Nikolayevich Limning O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2016 yil ish natijalari bo‘yicha 2017 yil 26 yanvardagi yig‘ilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish natijalariga hamda 2016 yilning muhim iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan nutqidan kelib chiqib, “Davavianazorat” inspeksiyasida 2016 yil 21 yanvarida «O‘zbekiston Respublikasi “Davavianazorat” inspeksiyasida 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muhim ustuvor yo‘nalishlari dasturini joriy etilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

VI. qismiga binoan – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasini iqtisodiy sohada keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimining tuzilishini tubdan tezlashtirish uchun «2016 yilda “Davavianazorat” inspeksiyasi faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi» tasdiqlandi. Chora-tadbirlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  hamda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi bilan kelishildi.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining zimmasiga yuklangan «Elektron hukumat» tuzish vazifasini muvoffaqiyatli joriy etish uchun axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari sohasini takomillashtirish va elektron shaklda davlat hizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “Davavianazorat” inspeksiyasida ulkan ishlar amalga oshirildi. D“Davavianazorat” inspeksiyasining davlat hizmatlari barcha spektori davlat hizmatlarining Yagona reyestriga kiritildi. 2016 yilda AAT «DI» tizimi muvoffaqiyatli joriy etildi, “Davavianazorat” inspeksiyasida hizmatlarning ushbu tizim doirasida interaktiv formaga kirish mumkin. «Litsenziya» KISni ishlab chiqishda ishtirok etildi. Shuningdek, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida “Davavianazorat” inspeksiyasida TIS «Kadrlar» joriy etildi, uning ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar maxsus kurslarda o‘qib kelishdi.

Yana shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, “Davavianazorat” inspeksiyasida 2017 yilda AKT rivojlanishini nafaqat quyi pog‘onaga tushirmaslik kerak, balki “Davavianazorat” inspeksiyasi faoliyatiga aholi va tadbirkor sub’ektlarning kirib kelishini kengaytirish zarur bo‘ladi.

“Davavianazorat” inspeksiyasida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni muvoffaqiyatli joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi bilan kelishish bo‘yicha 2017 yilda «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va «Elektron hukumat» tizimi mexanizmini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur» tasdiqlandi.

“Davavianazorat” inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Oleg Nikolayevich Limning “Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi kuni”dagi nutqi

Mavzu: 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida me’yoriy bazani takomillashtirish

QONUNLAR

“Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 2ta qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Birinchisida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga “Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit bergani” uchun jismoniy shaxslarning jinoiy va ma’muriy javobgarlik normalari o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Ikinchisida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga “Havo hududidan sanksiyasiz foydalanganliklari uchun, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ham”, jismoniy shaxslarning jinoiy va ma’muriy javobgarlik normalari o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Zamonaviy texnologiyalarining rivojlanishi bezorilik maqsadlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalanishga yo‘l qo‘yib bermoqda – ular aerodrom hududlarida havo kemalari bilan to‘qnashishlari mumkin, shuningdek lazer nurli qo‘rsatkichlardan foydalanish holatlari – ular qo‘nish va uchish jarayonida uchuvchilarning vaqtinchalik oriyentatsiyasini yo‘qotish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish holatiga olib kelishi mumkin.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yiliga havo hududidan uchuvchisiz uchish apparatlari bilan sanksiyasiz foydalanish holatlari 700 ortiq va lazer nurli qo‘rsatkichlardan foydalanish holatlari 2000 ortiq qayd qilinmoqda.

Xozirgi kunda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanib havo hududidan foydalanish tartibini buzish holatlari, hamda havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ham muammoga aylanmoqda.

Hukumatimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi havo kemalari parvozlari xavfsizligini oshirish maqsadida 2013 yilning 2 fevralida “O‘zbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 50-sonli va O‘zbekiston Respublikasi havo hududida parvozlar xavfsizligini oshirish, havo hududidan sanksiyasiz foydalanishlarni oldini olish maqsadida 2014 yilning 26 noyabrida “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 322-sonli qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan choralarga qaramasdan lazer nurli ko‘rsatkichlarni qo‘llash bilan bog‘liq bezoriliklar davom etmoqda. Statistika bo‘yicha 2014 yilda 11 (o‘n bitta) holat sodir bo‘lgan. 2015 yilda 7 holat qayd qilingan. 2010 yildan 2015 yilgacha 41 xolat bo‘lgan.

Shuningdek havo hududidan sanksiyasiz foydalanish, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash bilan bog‘liq bezoriliklar ham davom etmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlarini qonunga xilof tarzda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga urinish holatlari qayt etilmoqda.

Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan taqiqlar vakolatli vazirlik va idoralarga qonunni buzuvchilarni javobgarlikka tortishiga yo‘l qo‘ymayapti.

Xozirgi kunda birinchi qonun loyihasi Oliy majlisga kiritilgan va 2chi o‘qishga tayyorlanmoqda, ikkinchisi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

HUKUMAT QARORLARI

Uchuvchisiz uchish apparatlarini sanksiyasiz qo‘llanilishi davlat tomonidan nazorat qilinmasligi oqibati, ularning havo kemalari bilan to‘qnashishlariga olib kelishi mumkin, shuningdek oliy sifatli optika-elektron moslamalari bilan jixozlangan uchuvchisiz uchish apparatlari destruktiv kuchlar tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Bunday harakatlar havo kemalarining aerodrom hududlarida uchish va qo‘nish jarayonlari parvozlariga xavf soladi.

Aholi yig‘ilgan joylarda uchuvchisiz uchish apparatlaridan sanksiyasiz foydalanish odamlar o‘limiga olib kelishi mumkin, shuningdek foto-videoga suratga olinishi, fuqarolarning konstitutsiyada belgilangan shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqlarini buzadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish faolityatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasini ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Qaror loyihasida:
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasiga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishlariga ruxsat berish.
“O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan quyidagi normativ-huquqiy aktlar qabul qilindi:

-O‘zbekiston Respublikasi fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
-O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
-Fuqaro havo kemasini uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
-Fuqaro havo kemalari radiojixozlarga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
-Fuqaro havo kemalari shovqinlar bo‘yicha sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

AVIATsIYa QOIDALARI

1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015 yil 20 fevraldagi 57-n-son buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasining “samolet (vertolet)larining kompleks trenajerlarini malakaviy baholash me’zonlari” aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ-97) tasdiqlandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015 yil 27 fevraldagi 59-n-son buyrug‘i bilan “Maxsus telefon aloqa liniyasi orqali ixtiyoriy ravishda xabar berish tizimi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015 yil 9 martidagi 60-n-son buyrug‘i bilan “Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllari” tasdiqlandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015 yil 15 sentyabrdagi 65-n-son buyrug‘i bilan “Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining parvoz ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish, saqlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha aviatsiya qoidalari” (O‘zR AQ-123) tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarining 160, 67 va 92 qismlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Rejada quyidagilar kutilmoqda:

1. “Havo kemalarining uchishga yaroqliligini saqlab turish” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarini (O‘zR AQ-39) tasdiqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalarining (O‘zR AQ-91) yangi redaksiyasini tasdiqlash.

Ko‘chirilsin
O'lchami: 17.8 kb Fortmati: docx

Ðàñïå÷àòàòü Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 13 06 2018 14:41:21.

— Foydali Havolalar