Davavianazorat
Davavianazorat

Fuqaro havo kemalarin guvohnoma berish

Bosh / Interaktiv xizmatlar / Fuqaro havo kemalarin guvohnoma berish
Fuqaro havo kemalarini davlat royxatidan otkazilganligi togrisida Guvohnoma berish tartibi togrisida malumot berish

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom, "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari togrisida" Havo kodeksiga va Ozbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Fuqaro havo kemalarini davlat royxatidan otkazilganligi togrisida Guvohnoma berish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu talablar davlat va eksperimental samolyotlari, planer, parashyutlar, deltaplanlar va meteorologik maqsadlarda ishlatiladigan sharlar uchun amal qilmaydi.

3. Fuqaro havo kemalarini davlat royxatidan otkazilganligi togrisidagi Guvohnoma arizachiga Nizomning 1 ilovasidagi shaklda taqdim etiladi.

4. Fuqaro havo kemalarini davlat royxatidan otkazilganligi togrisidagi Guvohnoma fuqaro havo kemasini davlat reyestiriga kiritilganligini va Ozbekiston Respublikasi mulki ekanligini tasdiqlaydi

5. Royxatdan otkazilganlik togrisidagi guvohnoma muddatsiz beriladi.

II. Royxatdan otkazilganlik togrisidagi guvohnomani olish uchun zarur bolgan hujjatlar royxati

10. Ariza beruvchi royxatdan otkazilganlik togrisidagi guvohnomani olish uchun Davavianazorat inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) Nizomning 2 ilovasidagi shaklda Fuqaro havo kemalarini davlat royxatidan otkazilganligi togrisidagi Guvohnoma berish uchun ariza;
b) jismoniy yoki yuridik shaxsning fuqaro havo kemasiga mulkchilik yoki boshqa ashyoviy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi(shu jumladan shartnoma nusxalari);
v) zarur bolganda quyidagi nusxalar;
havo kemasini xorijiy davlatlar havo kemalari reyestridan chiqarilganligi togrisidagi hujjat;
havo kemasini davlat yoki eksperimental havo kemalaridan fuqaro havo kemasiga otkazilganligi togrisidagi hujjat;
Ozbekiston Respublikasida royxatdan otkazilmagan havo kemasining xorijiy davlatdan keltirilgan holatda, uchishga yaroqlilik eksport sertifikati;

III. Arizani korib chiqish va guvohnomani berish yoki rad etish togrisida qaror qabul qilish

15. Davavianazorat inspeksiyasi tomonidan royxatdan otkazilganlik togrisidagi guvohnomani olish uchun berilgan arizani korib chiqish bepul.

16. Davavianazorat inspeksiyasi arizani 10 kundan oshmagan muddatda korib chiqadi va guvohnoma berish yoki rad etish togrisida qaror qabul qiladi.

17. Davavianazorat inspeksiyasining vakolatli shaxsi havo kemasiga guvohnoma berish yoki rad etish togrisida qaror qabul qilish uchun, fuqaro havo kemasining texnik holatini tekshiradi.

18. Davavianazorat inspeksiyasining vakolatli shaxsi xujjatlarni korib chiqish va fuqaro havo kemasining texnik holatini tekshirish natijalariga asosan fuqaro havo kemasi togrisidagi malumotlarni fuqaro havo kemalari reyestriga kiritadi va ariza beruvchiga guvohnoma beradi yoki rad etish togrisida yozma 1 kundan oshmagan muddatda bildiradi.

19. Ariza beruvchiga quyidagi holatlarda fuqaro havo kemasini davlat royxatidan otkazilganligi togrisida Guvohnomani berish rad etilishi mumkin:
fuqaro havo kemasini davlat royxatidan otkazilganligi togrisida Guvohnoma berilishi uchun zarur bolgan hujjatlarning ariza beruvchi tomonidan toliq bolmagan hajmda taqdim etilganligi;
ariza beruvchi ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notogri yoki buzib korsatilgan malumotlarning mavjudligi;
havo kemasinining texnik holatini tekshirishda salbiy xulosa olinganligi.

20. Guvohnomani berish togrisida yozma ravishda rad javobi berilgan xatda korsatilgan muddatdan keyin berilgan ariza, yangidan berilgan ariza deb xisoblanadi va Davavianazorat inspeksiyasi tomonidan umumiy asosda korib chiqiladi.

Fuqaro havo kemalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Guvohnoma berish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berish
1. Fuqaro havo kemasini davlat ro'yxatidan o'tkazish va Guvohnoma berish togrisida ARIZA Kochirilsin
O'lchami: 12.5 kb Fortmati: docx
2. Fuqaro havo kemasining davlat ro'yxatidan o'tkanligi togrisida Guvohnoma Ko‘chirilsin
O'lchami: 14.8 kbFortmati: docx

Kochirilsin
O'lchami: 18.5 kb Fortmati: docx

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 06 03 2017 16:43:09.

Qo'shimcha Havolalar

Murojaatlar statistikasi
  1. Jami: 56
  2. Bajarilgan arizalar: 54
  3. Jarayonda:2
  4. Rad etilganlar: 0
  5. Bekor qilinganlar: 0
  6. Batafsil
Faoliyati uchun yagona telefon raqami

+ 99871-120-00-57
Batafsil

— Foydali Havolalar