Davavianazorat
Davavianazorat

Ekspluatatsiya ruxsatnomasini berish

Bosh / Interaktiv xizmatlar / Ekspluatatsiya ruxsatnomasini berish

Xorijiy aviatashuvchilarga Ozbekistn Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun ekspluatatsiya ruxsatnomalarini berish

Umumiy qoidalar

1.Ushbu Yoriqnomada quyidagi qisqartamalardan foydalaniladi:
HK - havo kemasi (havo kemalari);
AXB - Aviatsiya xavfsizligi bolimi;
TA va HTTNB - Tashqi aloqalar va havodagi tashuvlarning tashkillashtirilishini nazorat qilish bolimi;
PQAQTNB - Parvozlarning qidiruv, avariya qutqaruv taminotini nazorat qilish bolimi;
HKETIChNB - Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi, tamirlanishi va ishlab chiqarilishini nazorat qilish bolimi;
ASHHBNB - Aerodromlarni sertifikatlash va havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish bolimi;
SLPTBNB- Sertifikatlash, litsenziyalash va parvozlar taminoti va bajarilishini nazorat qilish bolimi;
SLPXNB - Sertifikatsiya, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi;
ER - ekspluatatsion ruxsatnoma.

2. Xorijiy aviatashuvchilarning Ozbekiston Respublikasiga muntazam parvozlari Ozbekiston Respublikasi Parvozlar xavfizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davavianazorat) tomonidan berilgan ER asosida amalga oshirishladi.

3. Xorijiy aviatashuvchilarga ER berish, Ozbekiston Respublikasi bilan mazkur xorijiy davlat ortasida havo qatnovi togrisidagi xalqaro shartnomaga muvofiq, kelishilgan yonalishdan foydalanish uchun, diplomatik kanallar orqali aviatashuvchini tayinlanganligi togrisidagi rasmiy bildirish xatiga asosan amalga oshiriladi.

4. ER berishni tashkillashtirish SLPXNBga yuklatiladi. Xujjatlarni tayyorlash ishlari SLPTBNB tomonidan bajariladi.

Ekspluatatsiya ruxsatnomasini berish

5. SLPTBNB xorijiy aviatashuvchining talabiga asosan ushbu Yoriqnomaning 1 Ilovasida keltirilgan, talabnoma nusxasi hamda 2 Ilovasida keltirilgan xujjatlar haqida xabardor qiladi. Ariza xorijiy aviatashuvchining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi. Xujjatlarning nusxalari xorijiy aviatashuvchining Bosh ofisida tasdiqlangan bolishi kerak.
Xujjatlar toliq bolmaganida ariza korib chiqish uchun qabul qilinmaydi hamda xorijiy aviatashuvchi bu xaqda xabardor kilinadi.

6. Talabnoma va xujjatlar quyidagi bolimlarda korib chiqiladi: TA va HTTNB , HKETIChNB, AXB, PQAQTNB, ASHHBNB va SLPTBNB. Talabnoma va xujjatlar bolimlarda 2 kundan kop bolmagan vaqt ichida korib chiqilishi lozim.

7. Talabnoma va xujjatlar Davavianazorat inspeksiyasida 10 ish kunida korib chiqilishi lozim. SLPTBNB boshligining arizasiga binoan SLPXNB boshligi arizani korib chiqish va kelishish muddatini uzaytirishi mumkin va bu haqda xorijiy aviatashuvchi xabardor qilinadi.

8. Talabnomani korib chiqish ijobiy xal bolgandan song, SLPTBNB ER tayyorlaydi va xorijiy aviatashuvchini bu haqda xabardor qiladi.

9. ER davlat, rus va ingliz tillarida rasmiylashtiriladi va ushbu Yoriqnomaning 3 Ilovasiga binoan belgilangan shaklda beriladi. ERning asl nusxasi xorijiy aviatashuvchiga beriladi, nusxasi SLPTBNB saqlanadi.

10. Ozbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni bajarish uchun berilgan ERning amal qilishi quyidagi hollarda tuxtatilishi mumkin:
a) Ozbekiston Respublikasining Havo Kodeksi va Ozbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini belgilovchi boshqa meyoriy xujjatlarning talablari buzilganda va bajarilmaganda;
b) muntazam parvozlarni bajarishga tayinlagan ushbu tashuvchi davlati bilan Ozbekiston Respublikasi ortasida tuzilgan havo tashuvi togrisidagi shartnoma talablari buzilganda.

Xorijiy aviatashuvchilarga Ozbekistn Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun ekspluatatsiya ruxsatnomalarini berish blanklari
1. Talabnoma Kochirilsin
O'lchami: 12.4 kb Fortmati: docx
2. O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsiya ruxsatnomasini olish uchun taqdim etiladigan xujjatlar Ro‘yxati Kochirilsin
O'lchami: 12.4 kb Fortmati: docx
3. Ekspluatatsiya Ruxsatnomasi Kochirilsin
O'lchami: 12.4 kb Fortmati: docx

Kochirilsin
O'lchami: 48.9 kb Fortmati: docx

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 06 03 2017 16:43:07.

Qo'shimcha Havolalar

Murojaatlar statistikasi
  1. Jami: 64
  2. Bajarilgan arizalar: 64
  3. Jarayonda:0
  4. Rad etilganlar: 0
  5. Bekor qilinganlar: 1
  6. Batafsil
Faoliyati uchun yagona telefon raqami

+ 99871-120-00-57
Batafsil

— Foydali Havolalar