Davavianazorat
Davavianazorat

Faoliyati uchun yagona telefon raqami

Bosh / Faoliyati uchun yagona telefon raqami Davavianazratning rasmiy saytiga kiruvchilar

Faoliyati uchun yagona telefon raqami bilan quyidagi raqamlar orqali boglanish mumkin. Ish vaqti har kuni shanba va yakshanbadan tashqari 9-00dan 18-00gacha (tushlik vaqti 13-00dan 14-00gacha). Quyidagi telefon raqamlari boyicha faoliyati malumot olish mumkin:
Shahar kodi Telefon raqami Ish vaqti Dam olish kuni
99871 120-00-57 9-00 dan 18-00 gacha
tushlik vaqti 13-00 dan 14-00 gacha
Shanba
Yakshanba

Ozbekiston respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Yagona telefoniga keladigan murojaatlarni korib chiqish ish tartibi

Ozbekiston respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Yagona telefoniga keladigan murojaatlarni korib chiqish mazkur ish tartibi Yagona telefon tarmogi orqali tushgan murojaatlarni qabuli, qayd etilishi va korib chiqilishi tartibini belgilaydi.

I.Umumiy qoidalar.

1.1. Yagona telefon inspeksiyaning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ularning murojaatlari boyicha bevosita aloqada bolish vositasidir.

1.2.Ushbu ish tartibida quyidagi asosiy tushunchalar qollaniladi:
Yagona telefon Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan inspeksiyaning faoliyati boyicha telefon orqali murojaatlarini qabul qiluvchi texnik vosita.
Yagona telefonni texnik taminoti Yagona telefonni ornatish va ish holatida saqlash.
Javobgar shaxs Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan Davavianazorat tomonidan tayinlangan vakolatli mansabdor shaxs;
jismoniy va yuridik shaxs Yagona telefonga murojaat etgan shaxs.

II. Yagona telefon tarmogini ishlashini taminlash uchun javobgar shaxs

2.1. Yagona telefon xizmati boyicha umumiy rahbarlikni boqarma boshligi amalga oshiradi. Unga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Yagona telefon xizmatini tashkillashtirish va tizimlashtirish;
Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlilini olib borish;
tahlil natijalari va unga asosan shakllantirilgan xulosalarni inspeksiya boshligiga taqdim etish;
Javobgar shaxs ishini hamda Yagona telefon orqali kelib tushgan murojaatlarni hal etish holati boyicha nazorat va monitoring ishlarini olib borish.

2.2. Yagona telefon orqali tushgan murojaatni bevosita qabul qilish, qayd etish hamda hujjatlashtirishni taminlash ishlarini javobgar shaxs amalga oshiradi.

2.3. Yagona telefonning ishlashi kunning ish vaqtida taminlanadi.

2.4. Yagona telefon ishiga masul shaxs tayinlanishi.
Yagona telefon orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;
Yagona telefon orqali olingan murojaatlar, sorovlar matnini inspeksiya boshligiga taqdim etilishini;
yozib olingan axborotni saklanishini taminlaydi.

2.5. Yagona telefon xizmati boyicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi masul shaxs Yagona telefonni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini taminlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qoyish holatini nazorat qiladi va boshqalar).

2.6. Yagona telefon raqami inspeksiyaning rasmiy veb-saytiga (uzcaa.uz).

III. Yagona telefon orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jonatish.

3.1. Yagona telefonga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871) 1200057 ,1200060 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish javobgar shaxs tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

3.2.Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida javobgar shaxs hamda jismoniy va yuridik shaxs ortasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi.

3.3. Yagona telefon tizimida chaqiriq signali kelganda javobgar shaxs abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga inspeksiyaga murojaat qilish, shuningdek, Yagona telefon boyicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi.

3.4. Korsatilgan malumotlar elon qilingandan keyin, javobgar shaxs murojaat qiluvchiga ozini tanishtiradi. Songra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. Yagona telefon orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining sorovlari va javobgar shaxsning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan boladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa, javobgar shaxs murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan sorovnoma otkazadi.

3.5. Erkin suhbat davomida javobgar shaxs murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning sozida mumkin bolgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qayerdan ulanganligini ham aniqlanadi chet eldanmi yoki Ozbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan javobgar shaxs murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan boglaniladimi, familiya, ismi va otasining ismini soraydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bolsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali inspeksiyaning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

3.6. Javobgar shaxs tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefoniga murojaatlari hujjatlashtiriladi, yani murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan song, usha kundan kechiktirmasdan inspeksiya boshligiga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)

3.7. Javobgar shaxs har kuni 18-00 holatiga Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarning yagona malumotini tayyorlaydi.

3.8. Malumotda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarni soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. (1-ilova)

3.9. Murojaatlar boyicha tuzilgan yagona malumot keyingi kun soat 10-00 gacha inspeksiya boshligi qabulxonasiga taqdim etiladi.

3.10. Bolim boshligi har chorakda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni inspeksiya boshligiga taqdim etadi.

IV. Javobgarlik

4.1. Murojaatlar togrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, ushbu Ish tartibi boyicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boladi.


Yuklab olish
O'lchami: 53.5 kb Fortmati: doc

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 06 03 2017 16:43:06.

Qo'shimcha Havolalar

Faoliyati uchun yagona telefon raqami

+ 99871-120-00-57
Batafsil

— Foydali Havolalar