Davavianazorat
Davavianazorat

Ishonch telefoni

Bosh / Ishonch telefoni
Davavianazratning rasmiy saytiga kiruvchilar

Davavianazorat Ishonch telefoni orqali tudhgan murojaatlarini tahlili



Fuqaro aviatsiyasidagi mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal etish, aviatsiya tashuv xavfsizligini ta’minlash maqsadida, parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida “Ishonch telefoni” ishlab turibdi.

“Ishonch telefoni” bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘lanish mumkin. Ish vaqti –har kuni shanba va yakshanbadan tashqari 9-00dan 18-00gacha (tushlik vaqti 13-00dan 14-00gacha). Quyidagi telefon raqamlari bo‘yicha murojaat qilish mumkin:
Shahar kodi Telefon raqami Ish vaqti Dam olish kuni
99871 120-00-60 9-00 dan 18-00 gacha
tushlik vaqti 13-00dan 14-00 gacha
Shanba
Yakshanba


O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi “Ishonch telefoni” ish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi “Ishonch telefoni” mazkur ish tartibi “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning qabuli, qayd etilishi va ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi.

I.Umumiy qoidalar.
1.1.”Ishonch telefoni” Davavianazorat inspeksiyasining jismoniy va yuridik shaxslar bilan ularning murojaatlari bo‘yicha bevosita aloqada bo‘lish vositasidir.
1.2.Ushbu Ish tartibida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
“Ishonch telefoni”ni texnik jihatdan ta’minlanishi – “Ishonch telefoni”ni o‘rnatish va ish holatida saqlash. Operator – “Ishonch telefoni”orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan, Davavianazorat inspeksiyasi tomonidan tayinlangan vakolatli mansabdor shaxs;
jismoniy va yuridik shaxs – “Ishonch telefoni”ga murojaat etgan shaxs.

II. “Ishonch telefoni” tarmog‘ini ishlashini ta’minlash uchun zarur ishchi kuchi va pul mablag‘lari
2.1. «Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni inspeksiyaning nazorat va hujjatlar bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i amalga oshiradi. “Ishonch telefoni”dan tushgan murojaatni bevosita qabul kilish, qayd etish, tahlil etish hamda hujjatlashtirishni ta’minlash ishlarini Operator amalga oshiradi.
2.2. “Ishonch telefoni”ning ishlashi kunning ish vaqtida ta’minlanadi. Ushbu maqsadda “Ishonch telefoni” tizimi uni normal holatda ishlashiga imkon beruvchi, Davavianazorat inspeksiyasining maxsus ajratilgan va tegishli ravishda jihozlangan xizmat xonasida o‘rnatiladi.
2.3. Davavianazorat:
“Ishonch telefoni” ishiga mas’ul shaxs tayinlanishini;
“Ishonch telefoni”ga tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;
“Ishonch telefoni”dan olingan murojaatlar, telefon orqali so‘rovlar matnini Davavianazorat rahbariga taqdim etilishini;
yozib olingan axborotni saqlanishini ta’minlaydi.
2.4. «Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi mas’ul shaxs “Ishonch telefoni”ni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta’minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo‘yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).
2.5.”Ishonch telefoni” raqami Davavianazorat inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga (www.uzcaa.uz), shuningdek, Davavianazorati egallab turgan hamma kirishi mumkin bo‘lgan xona va (yoki) boshqa ajratilgan joylarda faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun mo‘ljallangan axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan boshqa texnik vositalariga joylashtiriladi.

III. “Ishonch telefoni” orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish.
3.1. “Ishonch telefoni”ga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871)120-00-60 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish Operator tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.
3.2.“Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida operator hamda jismoniy va yuridik shaxs o‘rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi.
3.3. “Ishonch telefoni” tizimida chaqiriq signali kelganda Operator abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga Davavianazorat inspeksiyasiga murojaat qilish, shuningdek, “Ishonch telefoni” bo‘yicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi.
3.4. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilingandan keyin, Operator murojaat qiluvchiga o‘zini tanishtiradi: “Davavianazorat inspeksiyasining “Ishonch telefoni”, Sizni eshitaman”. So‘ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so‘rovlari va operatorning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo‘ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa, Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so‘rovnoma o‘tkazadi.
3.5. Erkin suhbat davomida Operator murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so‘zida mumkin bo‘lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qayerdan ulanganligini ham aniqlanadi – chet eldanmi yoki O‘zbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan Operator murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog‘laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so‘raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali Davavianazorat inspeksiyasining rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.
3.6. Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni”ga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya’ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so‘ng, o‘sha kunidan kechiktirmasdan Davavianazorat boshlig‘iga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)
3.7. Operator har kuni 18-00 holatiga “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning yagona ma’lumotini tayyorlaydi.
3.8. Ma’lumotda “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. (2-ilova)
3.9. Murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma’lumot keyingi kun soat 10-00 gacha direktor qabulxonasiga taqdim etiladi.
3.10. Davavianazorat inspeksiyasining Nazorat va hujjatlar bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i har chorakda “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni direktorga taqdim etadi.

IV. “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni birlamchi baholash.
4.1. “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni birlamchi baholash quyidagi mezonlar orqali amalga oshiriladi:
murojaatni Davavianazorat inspeksiyasi vakolatiga tegishliligi;
boshqaruv va operativ qaror qabul qilish uchun axborotni to‘liqliligi;
murojaatda ko‘rsatilgan vajlarni ishonchliligi.
4.2. Operator murojaatni qabul qilish davomida jismoniy shaxsdan o‘tkazilgan suhbatda:
murojaatdagi axborotni olingan jihatlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni yig‘ish imkonini beruvchi manbalar doirasini aniqlashtiradi;
murojaatda ko‘rsatilgan axborotdan bexabar bo‘lgan, lekin aniq yordam ko‘rsata oladigan yoki guvoh sifatida qatnashadigan kishilarni aniqlashtirish bo‘yicha chora-tadbir ko‘rishi lozim.

V. Javobgarlik
5.1. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, ushbu Ish tartibi bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

“Ishonch telefoni” Ish tartibining
3.6.-bandiga 1-ilova
“Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni qayd etish kitobi

t/r Sana va vaqt Jismoniy yoki yuridik
shaxsning
F.I.O. yoki nomi
Jismoniy yoki yuridik
shaxsning
manzili va telefoni
Murojaat-
ning
qisqacha mazmuni
Birlamchi ko‘rib chiqish
natijasi
Ijrochi F.I.O., olganligi to‘g‘risida imzo, sana va vaqti Murojaat-ning ko‘rib
chiqish natijasi

                                                                      
    

Yuklab olish
O'lchami: 53.5 kb Fortmati: doc

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 06 03 2017 16:43:04.

Qo'shimcha Havolalar

Faoliyati uchun yagona telefon raqami

+ 99871-120-00-57
Batafsil
Îďđîń

“Davavianazorat” inspeksiyasi ko‘rsatayotkan qaysi bir davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazishni hohlardingiz?

 Murojaatlarni (Arizalarni) qabul qilishni
 Blankalar va formalarni taqdim qilishni
 Barcha xujjatlar ro‘yxatini elektron shaklda qabul qilishni

 

— Foydali Havolalar