Davavianazorat
Davavianazorat

Davavianazorat inspeksiyasining 2018 yil faoliyati natijalari bo‘yicha axborot

Bosh / Hisobotlar / Choraklik hisoboti
«Davavianazorat» inspeksiyasining 2018 yil yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyati to‘g‘risida
AXBOROT

O'zbekiston Respublikasi fuqaro avitsiyasida parvozlar xavfsizligini va aviatsiya xavfsizligini nazorat qilish

Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 3 (uchta) aviakompaniya, 11 (o‘n bitta) aerodrom, 2 (ikkita) O‘quv-mashq markazi, 5 (beshta) HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti va 2 (ikkita) fuqaro aviatsiyasi ta’mirlash korxonasi o‘z faoliyatini yuritmoqda.
“Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan hisobot davrida quyidagilar amalga oshirildi:
Yettita sertifikatsiya tekshiruvi:
– “UZROSAVIA” MChJning HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti (sertifikatsiya uchun ariza korxona tomonidan birinchi marta taqdim etilgan);
– “MAI” aviakompaniyasining HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti, amaldagi sertifikat muddatini uzaytirish uchun.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha An-2 samoleti va Mi-8 vertoletlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashlari uchun tegishli Sertifkatlar berildi.
– “Farg‘ona”, Namangan”, “Termiz”, “Nukus” va “Navoiy” aerodromlari. Tekshiruv natijalari bo‘yicha uch yil muddatga tegishli Sertifkatlar berildi. O‘n oltita inspektorlik tekshiruvlari:
– “Agro-Parvoz” aviakompaniyasining, “UAT” aviatsiya korxonasining va “AnRad-AERO” MChJlarning HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti;
– “Farg‘ona”, “Qarshi”, “Namangan”, “Urganch” “Termiz” “Nukus” va “Navoiy”aerodromlari;
– “Agro-Parvoz” “MAI” aviakompaniyalari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi;
– “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining o‘quv markazi” va “DOSTUPNOE NEBO” o‘quv markazi”;
– “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti” DUKning tibbiy sanitariya qismining TUEKsi;
– “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti” DUK tibbiy sanitariya qismining, uchish otryadlarining, bortkuzatuvchilar xizmatining va “O‘zaeronavigatsiya” Markazining shifokorlari faoliyati tekshiruvlari.
O‘nta aviatsiya xavfsizligi va rejim-qo‘riqlash yo‘nalishi bo‘yicha tekshiruvlari:
– “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti”, “Farg‘ona”, “Namangan”, “Buxoro”, “Navoiy”, “Nukus” va “Urganch” xalqaro aeroportalarida;
– “UAT” aviatsiya korxonasida;
– “Agro-Parvoz” MAPP aviakompaniyasida.
– “MAI” aviakompaniyasi.
“Farg‘ona”, “Namangan”, “Toshkent”, “Sergeli”, “Qarshi”, “Navoi”, “Buxoro”, “Samarqand”, “Termez”, “Nukus” va “Urgench” aeroportlarida parvozlarda qidiruv va qutqaruv ta’minoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv va qutqaruv xizmatiga a’zo vazirlik va idoralar ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi nazorat qilindi.
Sertifikatsiya va inspeksiya tekshiruvi natijalari bo‘yicha hamda aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish uchun aniq muddatlari ko‘rsatilgan Rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Aviakompaniyalarda marshrutlar bo‘yicha 23ta inspeksiya tekshiruvlari bajarilgan, natijalari bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan. Parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan. “Davavianazorat” inspeksiyasining asosiy tashkiliy tadbirlar Rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasiga parvozlar bajarayotkan chet el aviakompaniyalari havo kemalarining 64ta perrondagi tekshiruvi o‘tkazildi.
Havo kemalarining kompleks trenajerlarida “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan 12ta tekshiruv va 1ta ekipajning yong‘in vaqtidagi xarakatlarini o‘rganish (V9000) trenajerining sertifikatsiya tekshiruvi ishlari o‘tkazildi va tekshiruv natijalariga asosan aviakompaniyalarning ekipaj a’zolariga mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun ruxsatnomalar berildi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan 69ta HK uchishga yaroqlilik sertifikatlari berildi. Shuningdek fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlari (uchuvchilar, shturmanlar, HHB dispetcherlari, muxandislar, bortkuzatuvchilar) 113ta guvoxnomalari berildi, 111tasi almashtirildi va 679tasining muddati uzaytirildi. Sertifikatsiya, inspektorlik va aviatsiya xodisalarining tekshiruvi natijalari bo‘yicha 72ta “Davavianazorat” inspeksiyasining Nozirlik ko‘rsatmalari yuborildi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan 2017 yil yakunlari bo‘yicha parvozlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi holatining Jamlangan tahlili tayyorlandi.
Chora tadbirlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarining sertifikatsiya va inspektorlik tekshiruvlari davrida tekshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturi” talablarini bajarish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va fuqaro aviatsiyasi korxonalari vakillari ishtirokida “Davavianazorat” inspeksiyasida “Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi kuni” o‘tkazildi. Unda o‘tkan yil yakunlari bo‘yicha parvozlar xavfsizligi holati, fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (PXBT) amalga oshirilishi, hamda fuqaro aviatsiyasida me’yoriy bazani takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Fuqaro aviatsiyasida me'yoriy bazani takomillashtirish


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 iyuldagi PQ-3136-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida “Davavianazorat” inspetsiyasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar 2018 yil 18 apreldagi O‘rQ 486-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan qabul qilindi.
2. 2018 yil 5 apreldagi O‘zRQ-471 O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi PF-5379-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bajarilishlarini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 2 iyunda 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi ko‘zdan kechiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi 396-son karori va 2018 yil 29 avgustdagi 698-sonli qarori bilan” o‘zgartirish kiritildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5409-sonli Farmonini ijro qilish maqsadida “Davavianazorat” tomonidan quyidagilar ishlab chiqildi: “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi (belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan); “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 sentyabrdagi PF-3936-sonli Farmoni bilan qabul qilindi); “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi (Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 dekabrdagi 1023-son qarori bilan qabul qilindi).
4. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007 yil 28 dekabrdagi 1099, 3692 va 1669-son “Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat kilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 2018 yil 23 martdagi 42, 16-sonli) qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
5. O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi Xizmatining 2018 yil 26 iyundagi 43 va 5-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va vidio texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish” Aviatsiya qoidalariga (O‘zR AQ-182) o‘zgarishlar kiritildi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018 yil 30 iyuldagi 118-N-son buyrug‘i bilan «O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari»ga (O‘zR AQ-160) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018 yil 15 avgustdagi 121-N-son va 2018 yil 26 noyabrdagi buyruqlari bilan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj a’zolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish” Aviatsiya qoidalariga (O‘zr Aq-94) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018 yil 23 avgustdagi 113-N-son buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari”ga (O‘zR AQ-61) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018 yil 2 oktyabrdagi 123-N-son buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalari”ga (O‘zR AQ-142) o‘zgartirishlar kiritildi.
10. Davavianazorat va ta’luqli vazirlik va idoralar hamkorligida “Fuqaro aviatsiyasining havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha dispetcherlar mehnatini tashkil etish va sharoitlariga sanitariya-gigiyena talablari” ishlab chiqildi (2018 yil 5 dekabrda 0363-18- sonli SanQvaM bilan qabul qilindi).

Xalqaro faoliyat


1. 2018 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Xalqaro shartnomani tasdiqlash» to‘g‘risidagi PQ-3522 - sonli qarori qabul qilindi (2017 yil 14 noyabrda Madrid shaxrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim).
2. Toshkent va Dubay o‘rtasidagi havo qatnovini masalalirini muhokama qilish maqsadida 2018 yil 19-20 fevral kunlari Davavianazorat binosida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi va tegishli xisobot Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
3. 2018 yil 28 fevral va 1 mart kunlari Toshkentda va 2018 yil 11 aprel kuni Moskvada O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi aviatsiya ma’muryatlarining ikki davlat o‘rtasidagi havo qatnovini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Bayonnomalar imzolandi va tegishli xisobotlar Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
4. 2018 yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida Bitim imzolandi.
5. O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar Rejasining (“Yo‘l xaritasi”) 4 bandiga muvofiq (2018 yil 17 yanvardagi ¹24/1-144), 2018 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi va tegishli xisobot Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
6. 2018 yil 14 mart kuni Istanbul shaxrida O‘zbekiston va Turkiya Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasi bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi va tegishli xisobot Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
7. Havo qatnovini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida 2018 yil 2 may kuni Davavianazorat binosida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Protokol imzolandi va tegishli xisobot Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
8. O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Hukumatlararo ikkitomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komiissiyasining 17-yig‘ilish bayonnomasining 3.10 bandini bajarish maqsadida 2018 yil 19 iyun kuni Ostona shaxrida O‘R va QR aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida ikkitomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra Tomonlar o‘rtasida kun tartibiga kiritilgan barsa masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi va tegishli Protokol imzolandi. Tegishli hisobot Vazirlar mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
9. Ikkitomonlama Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimni imzolash, Doxa va Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan «Qatar Airways» aviakompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik asosida ochish masalalarini muhokama qilish maqsadida 2018 yil 17 iyul kuni Davavianazorat binosida Davavianazorat rahbariyatining Qatar davlati Aviatsiya ma’muriyati va «Qatar Airways» aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra Tomonlar ushbu masalalarni hamda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ikkitomonlama munosabatlarni batafsil muhokama qilish uchun muzokaralar tashkillashtirishga kelishib oldilar. Uchrashuv haqida tegishli hisobot TIVga yuborildi.
10. Havo qatnovini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida 2018 yil 17 avgust kuni Davavianazorat binosida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida maslahatlashuvlvr o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Protokol imzolandi va tegishli xisobot Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
11. O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikalari xavfsizlik kengashlari o‘rtasida 2018 yil 29 iyunida o‘tkazilgan ikki tomonlama kelishuvlar 3-sonli yakuniy Bayonnomasi qarorini amalda joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari topshirig‘iga muvofiq, Davavianazorat, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan aviatsiya xavfsizligi sohasidagi amaliy hamkorlik harakat rejasi” tasdiqlandi.
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha o‘quv bazasi bilan tanishish maqsadida, 2018 yil oktyabr oyining rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyatining ishchi guruhi Olmaota shaxridagi Aviatsiya xavfsizligi o‘quv markaziga tashrif buyurdi.
Reja bandlarining bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashiga yuborilmoqda.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash bo‘yicha


Mazkur Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida “Davavianazorat” inspeksiyasida 2018 yilda kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2018 yilda “Davavianazorat” inspeksiyasiga 48ta murojaat kelib tushgani aniqlandi.
Shulardan:
- 16 (o‘n oltitasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;
- 6 (oltitasi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
- 7 (yettitasi) “Davavianazorat” inspeksiyasi rasmiy sayti orqali;
- 19 (o‘n to‘qqiztasi) pochta orqali.
Murojaatlarda ish bilan ta’minlash, ish vaqti, “Davavianazorat” inspeksiyasidagi vakansiya, aliment to‘lovlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi va boshqa ma’lumotlar berish masalalari ko‘rsatilgan. Yuqoridagi murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturining bajarilishi


«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan dasturni amalga oshirish maqsadida tadbirlar Rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Rejaga asosan “Davavianazorat” inspeksiyasida:
- “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatilayotkan informatsion davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali olish imkoniyati yaratildi;
- jismoniy va yuridik shaxslarga “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari xatlovdan o‘tkazildi va natijasi bo‘yicha ularning yagona reyestri shakllantirildi;
- nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini ularning nazorati ostidagi xo‘jalik boshqaruv organlari hisobidan moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 avgustdagi 637-son qarori bilan «Davavianazorat» inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘laridan amalga oshiriladi.


Ko‘chirilsin
O'lchami: 17.3 kb Fortmati: docx

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 04 02 2019 17:12:30.

— Foydali Havolalar