Davavianazorat
Davavianazorat

Davavianazorat inspeksiyasining 2016 yil faoliyati natijalari boyicha axborot

Bosh / Hisobotlar / Faoliyati natijalari boyicha axborot

Davavianazorat inspektsiyasining 2016 yillikdagi faoliyati natijalari bo'yicha AXBOROT

O'zbekiston Respublikasi fuqaro avitsiyasida parvozlar xavfsizligini nazorat qilish

Xozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida 4 (to'rtta) aviakompaniya, 12 (o'n ikkita) aerodrom, 2 (ikkita) O'quv-mashq markazi, 4 (to'rtta) HK texnik xizmat ko'rsatish tashkiloti va 2 (ikkita) fuqaro aviatsiyasi ta'mirlash korxonasi o'z faoliyatini yuritmoqda.
Davavianazorat inspektsiyasi tomonidan hisobot davrida quyidagilar amalga oshirildi:
O'n ikkita sertifikatsiya tekshiruvlari:
Agro-Parvoz KTAIK aviakompaniyasi; MAI aviakompaniyasi;
O'zbekiston havo yo'llari MAK;
Silk Road Cargo Business aviakompaniyasi;
UAT aviakorxonasining HK texnik xizmat ko'rsatish tashkiloti;
AnRad-Aero AJ HK texnik xizmat ko'rsatish tashkiloti;
Toshkent Xalqaro Aeroporti Tibbiy sanitariya qismining Tibbiy uchish ekspert komissiyasi (TUEK);
Dostupnoe nebo nodavlat o'quv markazi;
Sergeli, Andijon, Qarshi va Toshent-Janubiy aerodromlari.
Tekshiruvi natijalari bo'yicha tegishli Sertifkatlar berildi. O'n turtta inspektorlik tekshiruvlari:
MAI aviakompaniyasining EXM bilimlarni tekshirish test markazi;
TMZ AJ tibbiy-uchish ekspert komissiyasi;
Boing-787 HKdan foydalanishlariga tayyorliklarini tekshirish maqsadida O'zbekiston havo yo'llari MAK;
O'zbekiston havo yo'llari MAKning O'quv mashq markazi;
Agro-Parvoz MAPP va MAI aviakompaniyalarining aviatexnikaga texnik xizmat ko'rsatish tashkilotlari;
Buxoro, Urganch, Samarkand, Navoiy, Sergeli, Andijon, Qarshi va Toshent-Janubiyaeroport va aerodromlari.
Inspektsiya tekshiruvi davrida bir qator kamchiliklar aniqlangan, ularni bataraf etish uchun aniq muddatlari ko'rsatilgan Rejalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. TMZ AJ tibbiy-uchish ekspert komissiyasining guvohnomasi to'xtatib qo'yildi.
Aviakompaniyalarda marshrutlar bo'yicha 44ta inspektsiya tekshiruvlari bajarilgan, natijalari bo'yicha bayonnomalar tuzilgan. Parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan.
Davavianazorat inspektsiyasining asosiy tashkiliy tadbirlar Rejasiga asosan O'zbekiston Respublikasiga parvozlar bajarayotkan chet el aviakompaniyalari havo kemalarining
Havo kemalarining kompleks trenajerlarida Davavianazorat inspektsiyasi tomonidan 142ta tekshiruv ishlari o'tkazildi va tekshiruv natijalariga asosan aviakompaniyalarning ekipaj a'zolariga mashg'ulotlar o'tkazishlari uchun ruxsatnomalar berildi.
Sertifikatsiya, inspektorlik va aviatsiya xodisalarining tekshiruvi natijalari bo'yicha 95ta Davavianazorat inspektsiyasining Nozirlik ko'rsatmalari yuborildi.
O'zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi va aviatsiya transport prokuraturasi bilan birgalikda Davavianazorat inspektsiyasi mutaxxasislari yil mobaynida O'zbekiston havo yo'llari MAK tizimadagi aeroportlarda, Uchuvchilar majmuasida, DUK, O'zaeronavigatsiya markazida, MAI aviakompaniyasida, O'zbekiston havo yo'llari MAK O'quv mashq markazida va UAT avikorxonasida parvozlarni ta'minlash yo'nalishlari bo'yicha tekshiruvlarida ishtirok etishdi.
Davavianazorat inspektsiyasi tomonidan 92ta HK uchishga yaroqlilik sertifikatlari berildi. Shuningdek fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlari (uchuvchilar, shturmanlar, HHB dispetcherlari, muxandislar, bortkuzatuvchilar) 96ta guvoxnomalari berildi, 223tasi almashtirildi va 213tasining muddati uzaytirildi.
Davavianazorat inspektsiyasi tomonidan 2015 yil yakunlari va 2016 yilning yarim yilligi yakunlari bo'yicha parvozlar xavfsizligini oshirish bo'yicha profilaktik tadbirlarni o'z ichiga olgan O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi holatining Jamlangan tahlillari tayyorlandi. Chora tadbirlarning amalga oshirilishi O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarining sertifikatsiya va inspektorlik tekshiruvlari davrida tekshiriladi.


Fuqaro aviatsiyasida me'yoriy bazani takomillashtirish

1. O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2015 yil 16 apreldagi 05/30-33-son toprshirig'iga asosan, Davavianazorat inspektsiyasi tomonidan Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda, havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo'naltirish orqali xalaqit bergan jismoniy shaxslarning jinoiy va ma'muriy javobgarlik normalari o'rnatilishi ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chikildi.
2016 yil 25 apreldagi O'zRQ-405sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga tegishli qo'shimchalar kiritildi.
2. O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2016 yil 8 fevraldagi 05/30-9-son toprshirig'iga asosan, Davavianazorat inspektsiyasi tomonidan Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda, O'zbekiston Respublikasining havo hududidan sanktsiyasiz foydalanish, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari bilan, yo'l qo'ygan qonunbuzarliklari uchun jismoniy shaxslarning jinoiy va ma'muriy javobgarlik normalari o'rnatilishi ko'zda tutilgan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasi xozirgi kunda tegishli vazirlik va idoralar bilan qo'rib chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi Tadbirkorlik sub'ektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tishi tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida 58-son qarori bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
- Fuqaro havo kemalarini davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida Guvohnoma berish tartibi to'g'risidagi Nizom;
- O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi ekspluatanti sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi Nizom;
- Fuqaro havo kemasiga uchishga yaroqlilik Sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi Nizom;
- Fuqaro havo kemalarining radio jixozlariga Sertifikat berish tartibi to'g'risidagi Nizom;
- Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo'yicha Sertifikat berish tartibi to'g'risidagi Nizom.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 maydagi 171-son qarori bilan 2016 yilning 1 iyunidan boshlab O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aeronavigatsiya maqsadlari uchun geografik koordinatlarni (uzunlik va kenglik) 1984 yilgi Butun dunyo geodeziya tizimiga (WGS-84) nisbatan sanash kuchka kirdi.
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi 183-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi uchun ko'zdan kechirish tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi.
6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 oktyabrdagi 349-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiyaning parvoz qilish asosiy koidalari tasdiqlandi.
8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 iyuldagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini g'ayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni ta'minlash Milliy dasturiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqildi. Qaror loyihasi ko'rib chiqish uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.
9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 dekabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida fuqaro havo kemalari aviatsiya halokatlari va intsidentlarini tekshirish qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqildi. Qaror loyihasi ko'rib chiqish uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.
10. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 12 yanvardagi 67-N-son buyrug'i bilan Yo'lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga (O'zR AQ-199) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
11. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 8 apreldagi 73-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risidagi Nizomga (O'zR AQ-67) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
12. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 8 apreldagi 74-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi to'g'risidagi Nizomga (O'zR AQ-68) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
13. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 20 maydagi 77-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (O'zR AQ-91) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
14. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 9 iyundagi 79-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasining Fuqaro aviatsiyasida aeronavigatsiya xizmatlari ma'lumoti aviatsiya qoidalariga (O'zR AQ-174) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
15. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 27 iyundagi 81-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasining Fuqaro va eksperimental havo kemalariga ro'yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi aviatsiya qoidalari (O'zR AQ-44) tasdiqlandi va Adliya vazirligida 2016 yil 14 iyulda 2811-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
16. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 19 iyuldagi 82-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aeronavigatsiya xaritalarini (chizmalarini) tayyorlash qoidalariga (O'zR AQ-173) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
17. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 10 avgustdagi 83-N-son buyrug'i bilan Havo transportida passajir va bagaj tashish qoidalariga (O'zR AQ-195) o'zgartirishlar kiritildi.
18. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 14 sentyabrdagi 84-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risida Nizomga (O'zR AQ-67) o'zgartirishlar kiritildi.
19. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 20 sentyabrdagi 85-N-son buyrug'i bilan Parvozlarning radiotexnik ta'minoti va aviatsion elektraloqa aviatsiya qoidalariga (O'zR AQ-176) o'zgartirishlar kiritildi.
20. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 27 sentyabrdagi 86-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini ekspluatatsiyaga yaroqlilik me'yorlari aviatsiya qoidalariga (O'zR AQ-153) o'zgartirishlar kiritildi.
21. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 3 oktyabrdagi 87-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasining Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatish aviatsiya qoidalariga (O'zR AQ-71) qo'shimchalar kiritildi.
22. O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'ining 2016 yil 21 noyabrdagi 88-N-son buyrug'i bilan O'zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (O'zR AQ-91) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.


Xalqaro faoliyat

1. 2016 yilning 22 mart kuni Davavianazorat inspektsiyasida Singapurning Favqulotda va Muxtor elchisi (rezidentsiyasi Singapurda) Zulkifli bin Baxaruddin bilan Davavianazorat va Singapurning fuqaro aviatsiyasi kengashi o'rtasidagi xamkorlik masalalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv natijalari bo'yicha tegishli ma'lumot O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
2. 2016 yilning 19 aprel kuni Davavianazorat inspektsiyasida Frantsiya delegatsiyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida xamkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv natijalari bo'yicha tegishli ma'lumot O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
3. 2016 yilning 19 may kuni Davavianazorat inspektsiyasida diplomatik kanal orqali imzolangan Chikago Konventsiyasining 83 bis moddasining bajarilishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi va Bermuda aviatsiya ma'muriyatlari o'rtasidagi Bitim doirasida masalalarni muhokama qilish uchun Bermuda fuqaro aviatsiyasi Departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv natijalari bo'yicha tegishli ma'lumot O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
4. 2016 yil 20 iyul kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi va Frantsiya Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-chi yig'ilishi doirasida O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan Frantsiya Respublikasi hukumati o'rtasida Havo kemalari qatnovi to'g'risidagi Bitim imzolandi.
5. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan berilgan vakolat guvohnomasiga asosan Davavianazorat inspektsiyasi boshlig'i tomonidan Havo transporti halqaro assosatsiyasi (IATA) bilan o'zaro anglashuv Memaroandumi imzolandi va diplomatik kanal orqali IATAning Markaziy Osiyodagi regional vakolatxonasiga imzolash uchun yuborishlari uchun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
6. 2016 yilning 30 noyabr kuni Dushanbe shahrida O'zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi aviatsiya ma'muriyatlari o'rtasida ikki davlat o'rtasidagi muntazam avia qatnovlarni kaytadan boshlash, ikki tomonlama xamkorlikni rivojlantirish masalari bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Muzokaralarda ikki davlatning tayinlangan aviatashuvchilari ishtirok etdi. Muzokaralar natijasi bo'yicha Bayonnoma rasmiylashtirildi va O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga tegishli ma'lumot yuborildi.


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta'minlash bo'yicha

Mazkur Qonunning ijrosini ta'minlash maqsadida Davavianazorat inspektsiyasida 2016 yilda fuqarolardan kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2016 yilda Davavianazorat inspektsiyasiga 48ta murojaat kelib tushgani aniqlandi. Shulardan:
- 11tasi (o'n bitta) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali;
- 13tasi (o'n uchta) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
- 11tasi (o'n bitta) Davavianazorat inspektsiyasi rasmiy sayti orqali;
- 13tasi (o'n uchta) pochta orqali.
Murojaatlarda ish bilan ta'minlash, ish vaqti, Davavianazorat inspektsiyasidagi vakansiya, aliment to'lovlarini amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi va boshqa ma'lumotlar berish masalalari ko'rsatilgan.
Yuqoridagi murojaatlar Davavianazorat inspektsiyasi rahbariyati tomonidan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o'rnatilgan muddatlarda ko'rib chiqilgan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son Vazirlik va idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so'zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to'g'risida qarori talablarini bajarish maqsadida Davavianazorat inspektsiyasi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun har kuni soat 8 dan 11 gacha shaxsiy qabul tashkillashtirilgan.


Sog'lom ona va bola yili Davlat dasturining bajarilishi

Sog'lom ona va bola yili davlat dasturini bajarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan Tadbirlar Rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Rejaga asosan 2016 yilda Davavianazorat inspektsiyasi ma'muriyati va kasaba uyushmasi xamkorligida inspektsiya xodimlarining bolalari ishtirokida 3, 890, 000 so'mlik madaniy, sport va sog'lomlashtirish tadbirlari uyushtirildi va o'tkazildi.
Davavianazorat inspektsiya xodimlari bolalari salomatligini mustahkamlash maqsadida Raduga va Sokol bolalar sog'lomlashtirish maskanlariga 8, 978, 000 so'mlik yo'llanmalar olindi.
Mustaqilligimizning 25 yilligi va Sog'lom ona va bola yili munosabati bilan Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Lolazor mahallasiga Davavianazorat inspektsiyasi tomonidan hayriya yordami sifatida 2,779,745 so'mlik Bolalar maydonchasi olib berildi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan Davavianazorat inspektsiyasi ma'muriyati va kasaba uyushmasi xamkorligida inspektsiya xodimlarining 12 yoshgacha bo'lgan bolalariga sovg'alar olish maqsadida 2, 940, 000 so'mlik mablag' achratildi. Shuningdek Davavianazorat inspektsiyasi kasaba uyushmasi tomonidan inspektsiya xodimlarining bolalariga yangi yil tomoshalariga 1, 880, 000 so'mlik chiptalar olindi.

Kochirilsin
O'lchami: 151.9 kb Fortmati: pdf"

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 06 03 2017 16:41:56.

— Foydali Havolalar